Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2-rasm. Muammo holatlarining variantlari.
9.1-rasm. BQ ning muqobil turlari
Har bir jarayon quyidagi parametrlar (ko‘rsatkichlar) bilan belgilanishi lozim: vaqt, xodimlar, resurslar, moliyalar, baholash mezonlari. BQni shakllantirishning asosiy mezoni — strategik rejalashtirish, xodimlarni boshqarish, boshqaruv yuzasidan maslahat berish, boshqaruv faoliyatini boshqarish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshqarish, tashqi munosabatlar sohalarida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan muammolar mavjudligidir. BQ ni muammo rivojlanishining 3 bosqichida shakllantirish mumkin (9.2- rasm) 131
Parametrlar qiymatlari 1 2
Muammo 3
9.2-rasm. Muammo holatlarining variantlari. rivojlanish jarayonining boshlanishida (l-soha) ‒‒bu paytda muammoning o‘lchami hali u qadar xavf tug‘dirmaydi. Qaror oldindan ogohlantirish sifatida kuchga kiradi; barqaror tarzda xavfli rivojlanish davrida (2-soha) ‒ muammoning o‘lchami boshqarish faoliyatiga sezilarli ravishda salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Qaror muammoning salbiy natijalari yuzaga chiqqach, bir muncha kechikib kuchga kiradi. Barqarorlashuv davrida (3-soha) ‒ uning o‘lchamlari va xavfli ta’siri hammaga yaqqol namoyon bo‘ladi. Qaror real vaqt tartibida (rejimida)kuchga kiradi. Muammo maqsad va vaziyat qiymatlari orasidagi farq sifatida shakllanadi, rasmda uzuq chiziq bilan vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan usullar ko‘rsatilgan. Qarorni shakllantirish algoritmi quyidagicha: Dastlab rahbar yoki mutaxassis ma’lumotlar bazasidan maqsadlar, vaziyatlar va muammolar rivojlanishi o‘xshash bo‘lgan avval amalga oshirilgan shu kabi qarorlar va ularning natijalarini qidirib topadi. Agar qidirib topilgan qaror versiyasi mavjud qarorga to‘la mos kelsa, u holda rahbar ma’lumotlar bazasidan topilgan qarorni tashkil etuvchi tadbirlar to‘plamini biror o‘zgarishsiz qo‘llay oladi. 3. Agarda topilgan versiya mavjud qarordan arzimagan elementlariga ko‘ra farqlansa, unda rahbar topilgan qapop variantini asos sifatida qabul qilib, unga zarur tuzatishlar kiritadi. 132
Mabodo o‘xshash versiya topilmasa, u holda rahbar yoki mutaxassis yangi qarorni ishlab chiqishga kirishishi lozim. BQ ni ishlab chiqishda bir vaqtning o‘zida ikkita jarayon amalga oshiriladi: yangi vazifalarni hal etishga qaratilgan ijodiy faoliyat,boshqaruv jarayonlarini aniq bajarishga asoslangan o‘zini o‘zi oqlagan texnokratik faoliyat. Bu jarayonlar muntazam ravishda yangilanib borib, boshqaruvning asosini tashkil etadi. Texnokratik faoliyat elementlarining bir qismi sekin-asta eskirib, ularning o‘rnini ijodiy faoliyatning barqaror va bardavom bo‘lgan elementlari egallaydilar (9.3-rasm). Ijodiy faoliyat Texnokratik faoliyat Eskirib
qolgan
muolaja
uchun
|
ma'muriyatiga murojaat qiling