Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


-rasm. Tashqi muhit elementlarining asosiy xossalari


Download 1.89 Mb.
bet49/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

8.2-rasm. Tashqi muhit elementlarining asosiy xossalari

124


Hajmlilik tashqi muhit elementlarining soni bilan aniqlanadi, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda bu jihatlar kompaniya tomonidan albatta hisobga olinishi kerak. Hajmlilik uchta darajaga ajratiladi: katta, o‘rta va kichik.

Katta hajmlilik birinchi navbatdagi elementlarni hisobga olgan holda, 7 10 nisbatga to‘g‘ri keladi, o‘rta hajmlilik – 4 6 nisbatga va kichik hajmlilik – l 3 nisbatga teng.




Murakkablik talab etilgan tashqi muhit elementlarini qayta ishlashga ketadigan moddiy va intellektual resurslarning mehnat sarfi bilan aniqlanadi. Murakkablikning uchta darajasi ajratiladi: yuqori, o‘rta va past.

Murakkablik darajasi – har bir tashkilot uchun sub’ektiv qiymat. Xodimlar mahoratining va resurslar salmog‘ining oshirilishi tashqi muhit elementlarini qayta ishlashda ularning murakkablik darajasini pasaytiradi.


Tashqi muhitning harakatchanligi (H) tashqi muhit elementlari ko‘rsatkichlarining qiymatlaridagi sun’iy yoki tabiiy o‘zgarish yoki yangilanishlarning tezligi bilan aniqlanadi.




H = M/T,

вu yerda M – ko‘rsatkichlardagi o‘zgargan yoki yangilangan qiymatlarning miqdori, T – o‘zgarishlar yoki yangilanishlar ro‘y bergan vaqtning taqvim bo‘yicha qayd etilishi (oy, yil, 10 yil).




Noaniqlik tashqi muhit elementlarining joriy va istiqboldagi holatiga doir axborotlarning noaniqligi va to‘liq emasligi bilan xarakterlanadi. Misol uchun, yangi qonunlar qabul qilingan vaqt va ularning mazmuni ko‘rsatilmagan bo‘lishi mumkin. Noaniqlik, eng avvalo, loyihani amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan kompaniya uchun noxush vaziyatlar va ularning oqibatlari bilan bog‘liq.


Muloqotga kirishuvchanlik kompaniya va tashqi muhit orasidagi munosabatlarning darajasi bilan xarakterlanadi. Muloqotga kirishuvchanlik ham uchta darajaga bo‘linadi: to‘liq hamkorlik, imtiyozli hamkorlik hamda ijobiy ma’nodagi hamkorlikdan ko‘ra aks ta’sirning ko‘pligi.

125

8.4.Noaniklikni kamaytirishning tashkiliy usullari



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling