Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


Boshqaruv qarorlarining sifatini baholash


Download 1.89 Mb.
bet61/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

11.3 Boshqaruv qarorlarining sifatini baholash
BQ ning sifati - bu BQ ning tashkilot ichki talablariga (standartlariga) mosligi darajasidir. BQni ishlab chiqish va amalga oshirishda rahbar BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonining har bir bosqichiga e’tibor berishi kerak. Har bir bosqichning sifatliligi butun bir BQning umumiy sifatini baholashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sifat 0 dan 1 gacha bo‘lgan nisbiy birliklarda o‘lchanadi. BQ sifatiga beriladigan eng past baho - 0, yuqori baho esa – 1ga teng. BQning umumiy sifati uning barcha tarkibiy qismlari (ketma-ket bajariladigan bosqichlar, davrlar va amaliyotlar)ga tegishli sifat qiymatlarining umumiy ko‘paytmasi sifatida hisoblanadi. Masalan, BQ ni ishlab chiqishda 10 ta jarayon bajarildi, ularning sifati quyidagicha belgilanadi: 0,8; 0,9; 0,7; 0,8; 0,7; 0,8; 0,8; 0,9; 0,7; 0,8. Har bir jarayon sifatining qiymati, ahamiyati o‘ziga yarasha yaxshi, lekin BQ ning umumiy sifati 0,091 ga teng bo‘ladi! Bu juda past daraja. Shuning uchun BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonining barcha tarkibiy qismlariga nisbatan professional yondashilganidagina butun BQ ning muvofiq sifatini ta’minlash mumkin.

BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoni sifatiga ta’sir etuvchi asosiy elementlarni yana bir bor sanab o‘tamiz: axborot, boshqaruv maqsadlari to‘plami, BQ ni ishlab chiqish usullari, korxonaning konseptual modeliga kiradigan ob’ektlar to‘plami, foydalaniladigan boshqaruv texnologiyasi, BQ ni ishlab chiqish jarayonining tanlangan xossasi, BQ ni uzatish shakli, BQ ning tashkiliy auditi.


Yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida umumiy tizim elementlarini ham kiritish mumkin: boshqaruv qonunlari, tashkilotning qonunlari va tashkilotlar uchun qonunlar (tashkilotlar uchun boshqaruv va tashkil etish qonunlari). Ushbu qonunlar muhitida BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoni kechadi. Keltirilgan barcha elementlar bir-birining ta’sirini kuchaytirishi, ya’ni emerjentlik (kutilmaganda xususiyat va xossalarning yuzaga kelishi)xossasiga ega bir tizimni tashkil qilishi lozim.



159


11.4. Samaradorlik tugrisida umumiy ma’lumotlar

Samaradorlik so‘zi “samara” so‘zidan kelib chiqib, biror shaxs xatti harakatining boshqalarga ta’sir etuvchi kuchi, taassurot, natija ma’nolarini anglatadi. Bu taassurot tashkiliy, iqtisodiy, psixologik, huquqiy, axloqiy, texnologik va ijtimoiy jiloga ega. Samara kuzatilish va shakllantirilishi mumkin. Ko‘pincha samara (natija) ketgan xarajatlar bilan taqqoslanadi.


Biror bir faoliyat yoki hodisaning samaradorligini uning natijasi (samarasi) va unga ketgan xarajatlar nisbati belgilaydi. Samaradorlik ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Shunday qilib samaradorlikning tashkiliy, iqtisodiy va boshqa ko‘rinishlari haqida so‘z yuritish mumkin. (11.2 rasm)


Samaradorlik



tashkiliy
iqtisodiy
ijtimoiy
texnologik
psixologik

huquqiy
Ekologik

Etik
Siyosiy






Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling