11.6 BQ ning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari
BQning iqtisodiy samaradorligini (I*) ko‘rib chiqar ekanmiz, uslubiy jihatdan muayyan BQ ni amalga oshirishdan olingan qo‘shimcha mahsulotning qiymatini, ya’ni bozordagi tannarxini aniqlash juda qiyin. Axborot tariqasida amaliyotga tatbiq
163
etilgan BQ mahsulot, xizmat yoki muayyan bilimlarning bevosita moddiy shakli sifatida namoyon bo‘lmaydi, balki ularning shakllanishiga o‘ziga xos sharoit yaratadi.
BQ dan olinadigan ijobiy iqtisodiy samara – tejamkorlikka asoslangan, undan yetgan ziyon esa BQning salbiy ta’siri sifatida baholanadi. Iqtisodiy samarani (I*) baholashning bir qator usullari mavjud bo‘lib, ulardan quyidagilar amaliyotda tez-tez qo‘llaniladi:
•turli variantlarni solishtirishning vositali usuli;
yakuniy natijalar bo‘yicha;
faoliyatning bevosita natijalari bo‘yicha.
Vositali usul BQning bozor qiymatini va BQ ga ketgan xarajatlarni tahlil qilishni ko‘zda tutadi, bunda xuddi shunday turdagi ob’ekt uchun ishlab chiqilgan va bir xil sharoitlarda amalga oshirilgan BQ ning variantlari tahlil qilinadi. BQning amalga oshishi oydinlashgunga qadar u boshqaruv va ishlab chiqarishning ko‘plab bosqichlarini bosib o‘tadi, shuning uchun ham mazkur jarayonni to‘xtatuvchi yoki jadallashtiruvchi sub’ektiv omillarning ta’sirini ajratib aniqlab olish lozim.
Ushbu usul BQning bozor qiymati o‘rniga ishlab chiqarilgan mahsulotning bozor qiymatidan foydalanishga imkon beradi. Shunday qilib, BQning ikki xil variantini amalga oshirishda birinchi qaror uchun nisbiy iqtisodiy samarani quyidagi nisbatdan aniqlash mumkin:
Is = (F2m/X2m‒F1m/ X1m) · 100%,
Bunda F1m‒ BQning birinchi variantda ko‘zda tutilgan mahsulotni sotishdan olingan foyda; F2m‒ BQning ikkinchi variantida ko‘zda tutilgan mahsulotni sotishdan olingan foyda; X1m ‒ BQning birinchi variantida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar; X2m‒ BQning ikkinchi variantida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar.
Shunday qilib, agar rahbar o‘z qarorlari bilan bir xil saviyadagi ishlab chiqarishni qo‘llasa, u holda iqtisodiy samara nolga teng bo‘ladi, bu vaziyatda boshqa turdagi, jumladan tashkiliy, ijtimoiy sohalardagi samaradorlik yuqori bo‘lishi mumkin.
164
Yakuniy natijalarga ko‘ra aniqlash usuli ishlab chiqarish samaradorligini bus butun holda hisob kitob qilishga va belgilab qo‘yilgan (statistik jihatdan asoslangan)ayrim qismlarni alohida ajratishga (K) asoslangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |