Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


Download 1.89 Mb.
bet65/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

Nazorat savollar


m.




  1. Sifatni boshqarish jarayoni deb nimaga aytiladi?




  1. Mahsulot sifatini boshqarish strategiyalarining qanday variantlari mavjud?




  1. Mahsulot sifatini boshqarish strategiyasining tizimli yondashuvida e’tibor nimaga qaratilgan?




  1. Mahsulot sifatini boshqarish strategiyasining majmuaviy yondashuvining mohiyati nimadan iborat?

165


  1. Mahsulot sifatini boshqarish strategiyasining mahalliy yondashuvnida e’tibor nimaga karatilgan?




  1. Boshqaruv faoliyatining sifati tushunchasiga izoh bering?




  1. Tashkilotdagi umumiy boshqaruv faoliyati o‘z ichiga nimalarni oladi?




  1. ISO standarti haqida nimalarni bilasiz?




  1. BQ ning sifati deb nimaga aytiladi?

10. BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoni sifatiga ta’sir etuvchi asosiy elementlarni sanab bering?


11. Funksional samaradorlikning qanday asosiy ko‘rinishlari mavjud?


12. BQning samaradorligi qanday bosqichlarga bo‘linadi?





  1. BOB. SUPEROPTIMAL QARORLARNI IZLASH USULLARINING ASOSLARI



12.1 Superoptimal qarorlar (SOK)ni shakllantirish usullari

Boshqaruv qarorlari sifatli, samarali,optimal va superoptimal bo‘lishi mumkin. Sifatli va samarali qarorlarga yuqorida batafsil to‘xtalib o‘tdik. Optimal qarorlar sifatida muqobil qarorlar to‘plamiga kiruvchi qarorlarni qayd etib o‘tdik. Ular qo‘yilgan maqsadlarga erishishdabelgilangan mezonlarga javob bera oladigan eng maqbul qarorlar bo‘lib, bunda jarayonning barcha ishtirokchilari (tomonlar) rejadagi natijalarga erisha oladilar. Odatda, kompaniya va uning birlashmalari miqyosida qarama-qarshi maqsadlar bo‘lmaydi. Misol uchun, kompaniyaning asosiy maqsadi ta’sischilar manfaatlariga muvofiq ravishda katta daromad olish bo‘lgani holda, bu muddao kompaniyaning texnologik va ijtimoiy maqsadlariga butkul mos tushadi. Ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilash, texnika xavfsizligini takomillashtirish ana shunday maqsadlarga kiradi.Belgilangan maqsadlarga erishish uchun qarorlar,odatda o‘zaro ziddiyatga bormaydilar, aksincha, bir-birlarini to‘ldiradilar. Biroq, ba’zan tashkiliy, iqtisodiy va texnologik maqsadlar uyg‘unligiga siyosiy, ijtimoiy, partiyaviy va boshqa maqsadlar aralashladilar.



166

Aynan shunday umidsiz hollarda superoptimal qarorlar qo‘l keladi, chunki ular qarama-qarshi tomonlarning talablarini qondira oladi.Superoptimal qarorlar bir vaqtning o‘zida va maqbul usullar bilan har ikki guruhga mansub: liberal va konservativ maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan chora tadbirlar to‘plami sifatida e’tirof etiladi.Superoptimal qaror shunday qarorki, u shunga o‘xshash muammolarni hal etish uchun qabul qilingan qarorlardan ob’ektiv ravishda (kishi ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda) ustunlikka ega bo‘ladi. Bunday muammolar har doim mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, boshqaruvning yuqori pog‘onalarida, misol uchun, BMT va boshqa boshqaruv idoralari doirasida ham uchragan. 1999 yilda Yugoslaviyaning parchalanishiga sabab bo‘lgan Kosovo va Serbiya muammolarini misol sifatida keltirish mumkin. An’anaga ko‘ra, bunday qarorlarni ishlab chiqish uchun vositachilar yordamiga tayaniladi. Yaqin Sharq mintaqasidagi mojarolar vaqtida amerikalik siyosatchi Genri Kissindjerning “mokisimon” diplomatiyasi qo‘l kelganligini eslab o‘tish joiz. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan muzokaralar samarasi o‘laroq, natijadan tomonlarning ko‘ngli to‘ladi, va muzokara ishtirokchilarining barchasi kutilganidan ko‘ra ko‘proq samaraga erishadilar.

SOQqabul qilishga munozaralar olib borish yo‘li bilan erishish mumkin. Ikki qutbga mansub nuqtai nazarlarni muhokama qilish jarayonida bahslashish, o‘zining haqligini isbotlash mumkin emas, bu ko‘p hollarda dushmanlarning paydo bo‘lishiga va ko‘ngilsiz holatlarga olib keladi. Bahslar o‘rniga 3 turdagi suhbatdan foydalanish maqsadga muvofiq:


•suhbatdoshning fikri rivojlantiriladi va bema’nilik darajasiga yetkaziladi, bunda uning o‘zi o‘z g‘oyalarining puchligini tushunadi;


•suhbatdosh nuqtai nazari, fikridan maqbul jihatlarni topishga harakat qilinadi, uni rivojlantiriladi va bu u ilgari surayotgan g‘oyaning ijobiy jihati ekanligiga suhbatdoshni ishontiriladi.


•suhbatdoshning nuqtai nazari muhokama qilinmaydi, darhol o‘z g‘oyasini taqdim etishga va suhbatdosh uchun uning foydali jihatlarini ochib berishga kirishiladi.


SOQ ishlab chiqishning bir qator usullari mavjud:

167


  • milliy yoki mintaqaviy iqtisodiyotning resurs bazasini kengaytirish. Bunga foydali qazilma ma’danlar qatlamlarini ikkilamchi qayta ishlash, kreditlar va subsidiyalar berish, nafaqadagilarni, vaqtincha ishsizlarni, nogironlarni yengil ishlarga jalb etish orqali erishish mumkin. Bunda YaIM va mamlakatning milliy daromadi ortadi, natijada ko‘plab davlat va jamoat tashkilotlarining talablari qondiriladi hamda davlat budjetini qaytadan tuzishga hojat qolmaydi.

•mavjud maqsadlar bilan bir qatorda yirikroq maqsadlarni ishlab chiqish. Mamlakatni yangi sifatdagi global tafakkurga va axborot maydoniga olib chiquvchi barqaror rivojlanishning xalqaro dasturlariga bog‘liq yangi maqsadlarni tuzish, axborot texnologiyalarini yaratish va boshqalar;


•muzokaralar natijasiga ko‘ra shunday vaziyat yuzaga kelishi kerakki, bunda bir tomon uchun foydali bo‘lgan jarayon boshqa tomon uchun ziyon yetkazmasligi zarur, misol uchun, ko‘pincha sug‘urta masalalari SOQ ga olib keladi;





  • muzokaralarga manfaatdor homiylarni jalb qilish;




    • bir biriga butunlay zid bo‘lgan umumiy muammolardan bir birini istisno etmaydigan xususiy muammolarni farqlay bilish zarur. Ba’zan mayda chuyda xususiy muammolarning yechimi yuzasidan kelishuvlar katta katta muammolar yuzasidan ham yakdil kelishuvga olib keladi.Bu usul tomonlarning qarama qarshiligi darajasini kamaytirish (antagonizm holatidan) yoki ikki qutbga ajratish darajasidagi to‘qnashuvlar yoki sun’iy ravishda vaqtinchalik ziddiyatlarni avj oldirish yo‘li bilan tafovutlarniyuzaga keltiradigan kichikkina tang vaziyatdan boshlanadigan atomlardagi zanjirsimon reaksiyani eslatadi.

168


Antogonizm


To‘qnashuv





Polirizatsiya

Konflikt

Ajratish

to‘la kelishuv


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling