Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
Tashkilotda faoliyat asosiy ko‘rinishlarining standartizatsiyasi
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1 jadval. Tashkilot faoliyatining asosiy turlarini standartlashtirish
- ISO xaqida umumiy ma’lumotlar.
Tashkilotda faoliyat asosiy ko‘rinishlarining standartizatsiyasi
11.1 jadval. Tashkilot faoliyatining asosiy turlarini standartlashtirish Kompaniyani boshqarish tizimining yuqori sifatini shakllantirishga tizimli yondashuv - bu professional rahbarning majburiyati, burchi va tabiiy ehtiyoji. 155 Boshqaruv san’atining qonuniyatlari bilan bir qatorda, yaxshigina o‘rganilgan va o‘ziga yarasha keng amaliyotga ega bo‘lgan boshqaruv faoliyatini o‘z ichiga olgan jarayonlarga ham to‘xtalish joiz. Bu ishlar doirasida boshqaruv faoliyatiga doir standartlar loyihalari va boshqaruv mexanizmlari yaratilmoqda, hisobotlarning namunaviy shakllari ishlab chiqilmoqda. Buxgalterlik hisobi va auditning xalqaro standartlarini shakllantirish uslubiyoti bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.Shu taxlit boshqaruv faoliyati va audit uchun standartlar to‘plamini tabiiy ravishda kengaytirish jarayoni ketmoqda. Bu ish boshqaruv faoliyati uchun dasturiy xom ashyoni shakllantirish bazasi sifatida juda istiqbolli sanaladi. Audit boshqaruv faoliyatida qabul qilingan standartlar va reglamentlarni mazkur faoliyatning haqiqiy real jarayoni bilan taqqoslashni nazarda tutadi. Boshqaruv faoliyatining real jarayoniga doir asosiy ko‘rsatkichlar hisob kitoblarning namunaviy shaklida qayd etib boriladi.Boshqaruv faoliyati tekshirilayotgan ko‘rsatkichlarining standartlar yoki reglamentlardan chetga chiqishi, og‘ishi uning sifatini baholash predmeti hisoblanadi. ISO xaqida umumiy ma’lumotlar. ISO (International Organization for Standardization) ‒ jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotdir. U ISO 900 X ‒sifat standartlari (bu o‘rinda X ‒ to‘plamning umumiy belgisi, X o‘rnida 1,2,3,4 va hokazo raqamlar bo‘lishi mumkin), ISO 14000‒ ekologik standartlar va boshqa shu kabi global standartlarni yaratish sohasidagi intilishlarni muvofiqlashtiradi.Sifat standartlari umumiy xarakterga ega bo‘lib, sanoat yoki iqtisodiyotning aniq bir tarmog‘iga bog‘liq emas. Standartlar sifatni boshqarish bo‘yicha hamda sifatni ta’minlovchi modellarga doir yo‘l۔yo‘riq va ko‘rsatmalardan iborat. ISO 900 X tizimi INKOMTERMS-90 xalqaro oldi-sotdi shartlariga ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlarida mahsulot, xizmat va axborot sifatiga kafolatni ta’minlash borasida qo‘shimchalar kiritadi. U yoki bu darajadagi dasturiy ishlanmalar, dasturlar ISO 900 X tizimining g‘oyasini ifodalaydi. Ular orasida Sitepower ‒ istalgan vaqtda kerakli axborotni va istalgan savolga tezkor javobni olishning har doim imkoni bor; Siteline ‒ sanoat 156 korxonasini boshqarish; Siteselect‒tayyor mahsulot to‘plamiga mavjud buyurtmalarni konfiguratsiya qilish vositasi;Siteguide‒korxonaning biznes jarayonlarini modellashtirish vositasi singari modullar keng tarqalgan. ISO 900 X tizimining ta’rifida chora tadbirlar to‘plami ko‘rinishida keltirilgan umumiy vazifalar batafsil beriladi. Ularni sifatni boshqarishning to‘rtta bosqichi sifatida tasavvur etish va o‘rganish mumkin: 1۔bosqich. 1.Mahsulot sifatini yaxshilashning bosh maqsadini shakllantirish va mo‘ljallanayotgan yakuniy natijalar. 2. Sifatni baholash tizimini tanlash: mualliflik yo‘li bilan,benchmarking (benchmarking ‒ inglizcha, a benchmarking study ‒tashkilot faoliyatini muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan boshqa faoliyat bilan solishtirish yo‘li bilan tahlil etish) yoki standartlar bilan taqqoslash orqali. 3. Taqqoslash etalonlari va hisobot shakllarini rasmiylashtirish. 2۔bosqich. 4.Aniq ish rejasini tuzish va sifatni yaxshilashga qaratilgan jarayonlarni joriy etish (muddatlar va oraliq natijalar.) Resurslarga bo‘lgan talabni aniqlash. Standartlarni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarni, hisobot va mahsulot sifatini funksional audit qilish uslubiyoti bo‘yicha maxsus shakllarni ishlab chiqish (shakllantirish). 3۔bosqich. Sifatni yaxshilash jarayoniga tuzatishlar kiritish maqsadida, mijozlardan kelib tushayotgan tezkor axborotlar (shikoyatlar, minnatdorchiliklar, tavsiyalar va h.k.) hisobini yuritish. Sifatni boshqarish jarayoniga doir ma’lumotlar bazasini doimiy ravishda shakllantirib borish. 4۔bosqich. Sifatni aniqlash jarayonlarini amalga oshirish va ularni ISO 900 X tizimi standartlari talablariga muvofiqlashtirish. 157 Mahsulot sifatini baholash amaliyotini o‘tkazish. Mahsulot sifatini baholash amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha hisobotlarni tuzish. Baholash amaliyoti sifatini oshirishga qaratilgan zaxira manbalarni aniqlash. BQni ishlab chiqish jarayonining sifatini va uni amalga oshirishning real natijalari samaradorligini oshirishda ijodiy jamoani shakllantirishdagi tashkiliy jihatlar katta rol o‘ynaydi. Rahbar jamoaning samarali ishlashi uchun rag‘bat beruvchi sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bunday sharoitlar sirasiga quyidagilar kiradi: BQni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq axborot bilan ta’minlash; BQni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchilar jamoasi orasida professional tarzda akliy hujumlari uyushtirish va olingan natijalarni qayd etib borish; nisbatan mahoratli mutaxassislarning bilimi va tajribasidan foydalanish(hal etilayotgan masalaga qarab); BQ ishlab chiqish jarayonining barcha bosqichlarini, ayniqsa turli vaziyatlarni har tomonlama o‘rganib chiqish; •mahalliychilik, sub’ektivizm va xo‘ja ko‘rsinga ishlash kabilarni bartaraf etishga alohida diqqat e’tibor qaratish; qarorlarda jamoada (fan sohalarida, uslubiyot va texnologiya borasida) erishilgan va nufuzli mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan asosiy muvaffaqiyatlarni aks ettirish; qarorlar monitoringini olib borish. Yuqorida sanab o‘tilgan har bir sharoit rahbar tomonidan aniq ishlar, chora tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Demak, xodimlarni o‘z vaqtida to‘liq axborot bilan ta’minlash uchun rahbar kutubxonadagi bibliografik kartochkalar orqali qidirish singari eskicha usullardan tortib, to zamonaviy kompyuter tarmog‘ida kerakli axborotni kerakli odamga yetkazishgacha bo‘lgan turli vositalardan foydalanadi.Ko‘rinib turibdiki, ishning ko‘lami anchagina keng. Yuqorida qayd etilgan boshqa sharoitlar borasida ham xuddi shunday manzara kuzatiladi.Rahbar kompaniya ish faoliyatini yuritish shartlarining o‘zgarish dinamikasini qayd etib 158
borishi kerak, shunda u yoki bu sharoitning jamoa ishiga ta’sirini va uni amalga oshirish darajasi qandayligini tahlil qilish imkoni paydo bo‘ladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling