Xatoliklarini aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari xam yetarlicha tadqiq etilmagan


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Download 1.32 Mb.
bet2/15
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#235847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5411247386632653291

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan va xozirda amalda bo’lgan ”Ta’lim to’g’risida’’gi qonun va ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ uzlukli ta’lim tizimini islox qilishning yangi davrini ochganligi tabiiydir. Mustaqil rivojlanish yo’liga kirgan Respublikamizda yangi iqdisodiy sharoitlar ro’yobga keldiki, bu xalq xo’jaligining barcha soxalarida xususan ta’lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi.

Shu bilan birga umumta’lim makablarida matematika bo’yicha ta’limning ham nazariy ham amaliy jihatdan zamonaviy talab darajasiga ko’tarilayotganligi, uning amaliy ahamiyatining oshganligi ta’limni isloh qilish to’g’risidagi qonunlar talablarni yo’nalishi bo’yicha mutahassislik tayyorgarligini tubdan yaxshilash zaruratini ilgari surgan. Lekin shunga qaramay matematikadan amaliy mashg’ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali ularning malaka va ko’nikmalarini, mustaqil fikrlarini shakllantirish hamda rivojlantirish, masala, misollar yechish jarayonida o’quvchilarni yo’l qo’yadigan tipik xatoliklarini aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari xam yetarlicha tadqiq etilmagan. Shu sababdan o’quvchilar matematikaga oid masala, misollar yechishda yo’l qo’yadigan tipik xatoliklarni topish va ularni bartaraf etish maqsadga muofiqdir.

O’quvchilar masala va misollar yechish jarayonida juda ko’p hollarda tipik xatoliklarga yo’l qo’yadilar. Ayniqsa oliy o’quv yurtlariga kirish imtixonlarida masala va misollar yechishda bunday xatolarga yo’l qo’yishish o’quvchilar ballarini pasayishga olib keladi. Chunki test topshiriqlarini tuzishda o’quvchilarni

yo’l qo’yadigan tipik xatoliklaridan foydalangan xolda javoblar tanlanadi. Shunday ekan o’quvchilarni yo’l qo’yadigan tipik xatoliklarini oldini olish va ularni bartaraf etish uslublarini qo’llash zarurdir.



Ushbu mustaqil ish o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan tipik xatoliklardan foydalanib test topshiriqlarini tuzishga bag’ishlangan. O’quvchilarning yo’l qo’yadigan tipik xatoliklari asosan quydagi hollarda uchrashi mumkin;

Funksiyalarni aniqlanish va o’zgarish soxalarini bilmasligidan;

Funksiyalarning asosiy xossalarini yaxshi bilmasligidan;

Ta’rif , teorema va aksiomalarni noto’g’ri qo’llashdan

Grafiklarni noto’g’ri chizishdan;

Masala va misol shartini noto’g’ri taxlil qilishdan;

Formula va ayniyatlarni noto’g’ri tadbiq etish va xakazolar.

O’quvchilarni shu kabi xatolarga yo’l qo’yishlarini oldini olish va ularni bartaraf etish kerak.



O’quvchilar masala va misollar yechayotganda bunday xatoliklarga yo’l qo’ymasligi uchun avvalo;

Nazariy bilishga ega bo’lishi;

Qo’yilgan masala shartlarini to’liq tushunishi;

Masalani yechish uchun zarur bo’lgan formula, ta’rif va teoremalardan to’g’ri foydalanishi;

Orttirilgan tajriba va hosil qilingan ko’nikmalarga tayanib, zarur formula va teoremalar asosida masalani yechishning tezkor usulini tanlashlari kerak.

Mustaqil ish kirish uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kirish qismida mustaqil ishni dolzarbligi asoslangan shuning birinchi bobda tipik xatoliklarni 13 ta guruhga ajitatib bergan. Ikkinchi bobda o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan tipik xatoliklardan foydalanib test topshiriqlarni tuzishga bag’ishlangan. Bunda 1-7 paragraflar umumiy o’rta ta’limda o’tiladigan mavzularga bag’ishlangan. 8-paragrafda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida matematika fanidan o’tiladigan mavzularga oid test topshiriqlar tuzishga bag’ishlangan. Uchunchi bobda algebra kursida o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yadigan tipik xatoliklarni taxlili yordamida o’quvchilarni o’zlashtira olmasligini oldini olish usullariga bag’ishlangan. Bunday usullardan misol uchun ba’zi birlari keltirilgan.




Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling