2.4-§. Triganometrik tenglama va tengsizliklarni yechishda o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatoliklardan foydalanish
Tipik xatoliklar turlari.
O’quvchilarning yo’l qo’yadigan tipik xatoliklarini tajribadan kelib chiqib quyidagicha tavsiflash mumkin:
1. “Matematik isbotlarni asosini tushunmaslikdan kelib chiqadigan xatolar.
2. Matematik fikrni og’zaki yoki yozma bayon qilishdagi no’noqligi tufayli paydo bo’ladigan xatoliklar.
3. Matematik simvollarni bilmasligidan bo’ladigan xatoliklar.
4. Zarur malakalari yetishmasligidan kelib chiqadigan xatoliklar.
5. Masalalar yechishda ratsional usullardan foydalanmaslikdan kelib chiqadigan xatoliklar.
6. Tenglama va tengsizliklarni asl mohiyatini tushunmaslikdan kelib chiqadigan xatoliklar.
7. Fazoviy tasavvurlarning bo’shligidan kelib chiqadigan xatoliklar.
8. Grafik savodhonligi bo’shligidan kelib chiqadigan xatoliklar.
9. Formulalarni yaxshi bilmaslikdan kelib chiqadigan xatoliklar.
10. Xisoblash jarayonida yo’l qo’yiladigan xatoliklar va hokazo.
Bizning vazifamiz bu kabi xatolarni bartaraf etishdir. O’quvchilar bilimlarini nazorat qilishda ko’p uchraydigan muammolarni tanlab olib, ularn oldini olish muammosi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
I. Triganometrik tenglamalarni yechish
Ta’rif: Noma’lum triganometrik funksiya argumentida qatnashgan tenglamaga triganometrik tenglama deyiladi.
Har qanday trigonometrik tenglamani yechish, quyidagi eng sodda trigonometrik tenglamalardan birini yechishga keltiriladi.
sin x=a, cos x=a, tgx=a, ctgx=a .
Triganometrik tenglamalar triganometrik funksiyalarning xossalaridan foydalanib yechiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |