Xi bob. Sotish siyosati


Download 301.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana16.06.2023
Hajmi301.68 Kb.
#1516301
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
11-mavzu

 Logistika tavsifi 
 
Belgilovchi 
omillar 
Logistika sohasi 
Makon 
Mikrologistika 
Makrologistika 
Megalogistika
Logistik tizimlarni rejalashtirish, tashkil etish, tahlil 
etish. 
Vaqt 
Logistik qurilmalrni tartibga solish, realizatsiya 
nazorati. 
Logistik tizim samaradorligi tahlili 
Funksional 
Tayyorlov punktlari logistikasi, ishlab chiqarish 
logistikasi. Sotuv, marketing, harakatga keltirish tizimi, 
savdo, taxlash (omborxona), qadoqlash va axborot 
logistikalari. 
Tashkiliy 
xo‘jalik 
Korxona, qurilish, harbiy sanoat, tadbirkorlik logistikasi. 
Obyekt 
shakllantiruvchi 
Yakka logistika. Ommaviy, alohida qismlar logistikasi, 
personal logistikasi 


308 
Logistika ma’lum xususiyatlarga qarab tavsiflanadi: 
1) ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab logistika quyidagilarga 
bo‘linadi: 
a) mikrologistika — bir korxonaga tegishli funksiyalarni o‘z ichiga 
oladi; 
b) makrologistika ma’lum mintaqaviy logistik jarayonlari, tovar 
tarqatish kanallari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, belgilovchi omillar logistik 
faoliyatlarni aniq belgilaydi. Tovar harakatini mikro darajadan makro 
darajaga tashkil qilish transport logistikasini talab etadi. 
Omborxonalarda tovarlarni saqlash, navlarga ajratish, iste’mol-
chilarga tarqatish (omborxona) taxlash logistikasi faoliyatidir. 
Marketing–logistikasi funksiyasi tovarni ishlab chiqaruvchidan to 
iste’molchiga yetib borguncha bo‘ladigan barcha jarayonlarni optimal-
lashtirish chora-tadbirlaridan iborat. Marketing–logistikasi aynan tovar 
tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Marketing–
logistikasining vazifalari bevosita strategik vazifalar bilan bo‘g‘liq 
bo‘lib, tovar tarqatishning optimal kanal va yo‘llarini topish, ombor-
xonalar joylashuvi, ularning hajmi, soni, faoliyatlari juda muhum 
hisoblanadi. 
Tovar oqimlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib 
borishini samarali amalga oshirish marketing–logistikasining asosiy 
vazifasidir. 
Taktik vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
mavjud mijozlar bilan ishlash
• yangi mijozlarni jalb qilish bilan birga dasturlar ishlab chiqish; 
• tovar va xizmatlarni tarqatish bo‘yicha yangi tijorat takliflarini 
ko‘rib chiqish va samaralisini qabul qilish; 
• buyurtmalar bo‘yicha to‘lovlarni rag‘batlantirish, imtiyozlar 
berish; 
• muntazam ravishda nazorat qilib borish; 
• tovar zaxiralari, yangi tovarlarni taqdimot va reklama qilish, 
umumiy xarajatlarning tarkibi va miqdorini aniqlash; 
• xarajatlarni nazorat qilish; 
• tovarlarning harakatini ta’minlashda servis xizmatlarini yaxshi-
lash. 
• Transportirovka. Tashuvchini tanlash tovar narxlari darajasiga 
ham, ularning o‘z vaqtida yetkazib berilishiga ham, tovarni tayinlangan 
joyga yetib kelish paytidagi ahvoliga ham ta’sir qiladi.


309 
Tovarlarni omborlarga, dilerlarga va iste’molchilarga yuklab berish-
da firma transportirovkaning beshta turidan birini tanlab olishi mumkin: 
temir yo‘l – yuklar partiyasini vagonga yoppasiga yuklab, uzoq 
masofaga yetkazish uchun transportning eng oqilona turi; 
suv transporti – katta hajmlarda, tez buzilmaydigan tovarlarni suv 
orqali past xarajatlar bilan yetkazib berish (shakar, ko‘mir, don, bug‘doy
v.b.). Boshqa tomondan suv transporti eng sekin yuruvchi va ob-havo 
ta’siriga bog‘liqdir;
avtomobil transporti – yo‘nalishlarni va harakat jadvalini tanlash 
nuqtayi nazaridan eng aniq. Yuk tashish mashinalari tovarlarni 
jo‘natuvchini qayta yuklash zaruratidan xolos qilib, “eshikdan 
eshigigacha” yetkazib berishga qodir. Yuk tashish avtomobillari 
qimmatbaho tovarlarni uncha uzoq bo‘lmagan masofaga tashish uchun 
qulay bo‘lgan tashish turi;
quvurlar orqali tashish – neft, kimyoviy mahsulotlarni tashish uchun 
qulay; 
havo transporti – transportning eng qimmat va eng tez yetkazuvchi 
turi, ko‘proq tez buziluvchi mahsulotlar (yangi baliq, gullar v.b.) va 
narxi qimmat, uncha katta hajmda bo‘lmagan qimmatbaho buyumlarni 
(asboblar, zargarlik buyumlari v.b.) tashiydi. 
Tanlangan taqsimot yo‘li marketing bo‘yicha qolgan jami boshqa 
yechimlarga ta’sir ko‘rsatadi - narxlar, transport tashkilotlari bilan 
shartnoma tuzish, reklama xizmati, o‘z savdo nuqtalarini ochish va 
hokazolar shular jumlasiga kiradi. 
a) hakllanuvchi kanallar; 
b) tarqatish kanallari; 
c) integrallashgan kanallar 
Taqsimot yo‘li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan 
iste’molchi sari harakatida ularga bo‘lgan mulk egasi huquqini o‘ziga 
oladigan yoki boshqaga berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar yoxud 
ayrim shaxslar majmuyidan iborat. 
Tovarlarni harakatlantirish xarajatlari ko‘pincha, teskari muta-
nosiblik bilan bog‘langan. Masalan, xarajatlarni minimumga keltirish 
uchun yuklarni tushirish bo‘limi arzon konteynerlardan foydalanadi. Bu 
esa tovarlarni yo‘lda ko‘plab zararlanishiga olib keladi va iste’molchi-
larning noroziligini keltirib chiqaradi. Shu bois tovarlar harakatini 
tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga tizimli yondashuv zarur. 


310 
Ishlab chiqaruvchi 
Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqaruvchi 
Maxsus firmalarga 
ulgurji 
Yo‘l 
ekspeditsiyasi 
xizmati 
Yo‘l ekspeditsiyasi 
xizmati 
Keng 
assortimentdagi 
ulgurji firma 
Transport 
xizmatlari 
Maxsus ulgurji 
firma 
Moliyalashtiruvchi 
firma 
Omborxonalar 
Transport 
tarmoqlari 
Chakana firma 
Transport korxonalari Keng 
assortimentdagi 
ulgurji firma 
Oxirgi iste’molchi 
Mahsulotni taqsimlash 
Omborxona 
Oxirgi iste’molchi 
Moliyalashtiruvchi 
firma 
Transport korxonalari
Chakana firma 
Mahsulotni 
taqsimlash 
Oxirgi iste’molchi 
11.6-rasm. Marketing–logistikasining mumkin bo‘lgan variantlari
 
Tovarlarni 
harakatlantirish 
tizimining asosiy nuqtasi – iste’mol-
chilar talablarini va raqobatchilar takliflarini o‘rganish. Iste’molchilarni 
quyidagilar qiziqtiradi: 
1) tovarning o‘z vaqtida yetkazilishi; 
2) yetkazib beruvchining mijozning shoshilinch ehtiyojini qondi-
rishga tayyorligi; 


311 
3) tovarlar bilan ehtiyotkorona muomalada bo‘lish; 
4) yetkazib beruvchining kamchiligi mavjud bo‘lgan tovarni qay-
tarib olish va uni zudlik bilan almashtirishga shayligi; 
5) yetkazib beruvchining mijoz uchun tovar–moddiy zaxiralarni 
saqlab turishga shayligi. 
Firma mijozlar ko‘z oldida xizmatlarning bu turlarini solishtirma 
qiymatini o‘rganishlari lozim. Masalan, nusxa ko‘chirish uskunalarini 
sotib oluvchilar uchun servis ta’mir muddatlari katta ahamiyatga ega, 
kredit oluvchi bank mijozlari uchun iloji boricha tezroq javob olishlari 
muhim. Shuning uchun Amerika banklaridan biri quyidagicha reklama 
shiori ostida ishlaydi: Agar bizning bankimizga murojaat qilsangiz, 
oradan ikki soat o‘tib, bankimiz sizga reklama berishga tayyorligi haqi-
dagi javobni olasiz. Xususiy standartlarni ishlab chiqishda raqobatchilar 
standartlarini ham albatta, hisobga olish kerak.
Tovarlar harakati tizimi quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul 
qilishni ko‘zda tutadi: 

Download 301.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling