Xitoy tilida o’qitishda interfaol usullarning roli
Pedagogik texnologiya konsepsiyasining chet elda rivojlanish tarixi
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
1.1 Pedagogik texnologiya konsepsiyasining chet elda rivojlanish tarixi
7 Гершунский Б.С. Философия образования. М. 1998. c.57-66. 8 刘珣。―对外汉语教育引论 ‖。北京。2000. 89 页 18 1930-yillarda ―Pedagogik texnika‖ tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo ʻ ldi va u oʻ quv mashgʻ ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yoʻ naltirilgan usul va vositalar yig ʻ indisi sifatida qaraladi. Shuningdek oʻ quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko ʻ rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi. 1940-50-yillarda o ʻ quv jarayoniga oʻ qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio va nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi. Bu programmalashtirilgan ta‘limni nazarda tutadi. 1960-yillarning o ʻ rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokama tortildi. 1971-yil AQSHda Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiyasi tashkil topdi. 1979-yilda Kommunikatsiyava texnologiya Asssosatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta‘rif berilgan edi: pedagogik texnologiya bilimlarni o ʻ zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni taxlil qilish va rejalashtirish, ta‘minlash, muammoning yechimini baholash va boshqarish uchun odamlar, g`oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o ʻ z tarkibiga oladigan kompleks integrativ jarayondan iborat. 80 yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb kompyuterli vaaxborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan o ʻ quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab, uni ta‘limdagi, o ʻ qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin boʻ lsa, ikkinchidan ta‘lim texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o ʻ quv jarayonini oʻ zini qurish texnologiyasini bildiradi. Hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ortiq filiallari faoliyat ko ʻ rsatmoqda. 1961 yildan ―Pedagogik texnologiya‖ jurnali, 1971 19 yildan ―Audio-vizual ta‘lim‖; ―Audiovizualli kommunikatsiya bayoni‖ nomli jurnallar chop etila boshladi. 1967-yil Angliyada Pedagogik texnologiya Milliy Kengashi tashkil topdi. 1964 yildan ―Pedagogik texnologiya va dasturli ta‘lim‖, 1970 yildan ―Pedagogik texnologiya‖ nomli jurnallar chop etila boshladi. Pedagogik texnologiya ifodasi avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o ʻ quv jarayonini bildirgan.Pedagogik texnologiya boʻ yicha xalqaro konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili Angliyada o ʻ tkazib kelinadi. Anjuman materiallari ―Pedagogik texnologiya jihatlari‖ nomida nashr qilinadi. 1965-yil Yaponiyada Umumyapon Pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi tashkil etildi. 1965-yildan ―Pedagogik texnologiya‖; ―Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar‖ nomli jurnallar chop etila boshlandi. Yaponiyada pedagogik texnologiya muammolari bilan to ʻ rtta ilmiy jamiyat shugʻ ullanmoqda. Faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy kengashining yigirma ikkita davlat universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadgan ―Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar‖ jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o ʻ rnini topmoqda. Yaqinda umumyapon pedagogik texnologiya markaziy kengashi tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o ʻ rnatish ishlari bilan mashhur. 1971-yil Italiyada Pedagogik texnologiya milliy Markazi tashkil etildi. 1971- yildan ―Pedagogik texnologiya‖ nomli jurnali chop etila boshlandi.Pedagogik texnologiya muammosining o ʻ ta dolzarbligi hisobga olinib, uning imiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. 1973-yil Vengriyada O ʻ qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil bevosita YUNESKO tashabbusi va dasturi asosida tashkil etildi va uning asosiy vazifasi o ʻ qitish texnologiyasining yangi qirralarini kashf etish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo ʻ yicha ilmiy tadqiqotlarini rivojlantirish kabi masalalardan iborat bo ʻ ldi. 20 1972-yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Fransiya kitob do ʻ konlarida ―Yashash uchun o ʻ qish‖, ―Dunyo tarbiyasi bugun va ertaga‖ kitobi paydo boʻ ldi. Nima uchun bugun Respublikamizda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zarurati tug ʻ ildi? Chunki ana‘naviy o ʻ qitish tizimi yozma ogʻ zaki soʻ zlarga tayanib ish koʻ rishi tufayli ―Axborotli o ʻ qitish‖ sifatida tavsiflanadi. Oʻ qituvchi faoliyati birgina oʻ quv jarayonining tashkilotchisi tarzida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligini ta‘kidlagan holda baholamoqda. Bu bir tomondan ko ʻ rilgan masaladir. Ikkinchidan, fan-texnikaning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko ʻ payib borayotganligi va ulardan oʻ qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta‘lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Keyingi paytlarda pedagogik adabiyotlarda, ta‘lim muammolariga oid ma‘ruzalarda ―Pedagogik texnologiya‖ tushunchasiga ―yangi‖, ―ilg ʻ or‖, ―zamonaviy‖ iboralarni qo ʻ shib ishlatilmoqda. Ammo ―pedagogik texnologiya‖ tushunchasi hali bir qolipga tushirilmagan, shuning uchun ham bu iboraning bir-biridan farq qiluvchi ko ʻ pgina taraflari bor. ―Chet elda o ʻ qitish texnologiyasiga oid mashhur nazariyalar mavjud. Biz xitoy tili o ʻ qitish jarayonida ana shu tajribalardan foydalangan holda dars oʻ tishimiz maqsadga muvofiq bo ʻ ladi.‖ 9 Pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta‘riflar berilgan: YUNESKOning fikricha, pedagogik texnologiya – bu ta‘lim shakllarini ommalashtirish maqsadidda texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o ʻ zaro ta‘sirini inobatga olib o ʻ qitish va bilim oʻ zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo ʻ llashning tizimli metodidir. 9 崔永华,杨寄州。―汉语课堂教学技巧‖。北京。2002.5 页 21 B.L. Fabermanaytishicha: ―Pedagogik texnologiya – bu o ʻ qitishga oʻ ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko ʻ chirilgan tasviri, ta‘lim jarayonining muayan standartlashuvi hisoblanadi‖ 10 . V.P. Bespalkoning fikricha: ―Pedagogik texnologiya – bu o ʻ qituvchi mahoratiga bog ʻ liq boʻ lmagan holda pedagogik muvaffaqqiytani kafolatlay oladigan o ʻ quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir‖ 11 . N.S.Sayidahmedov ta‘rificha: ―Pedagogik texnologiya – bu o ʻ qituvchining ta‘lim-tarbiya vositalari yordamida o ʻ quvchilarga muayyan sharoitda va ma‘lum ketma-ketlikda ta‘sir ko ʻ rsatishi va aks ta‘sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir‖ 12 . Ta‘riflardan quyidagi qoidalar kelib chiqadi: a) pedagogik texnologiyalar oldindan loyihalanadi; b) tayyor loyihani amaliyotga tatbiq etish, o ʻ qituvchidan katta mahorat talab qilmaydi; c)yakuniy natija kafolatlanadi; Pedagogik texnologiya sohasidagi AQSHning mashhur olimlari: B.Blum, D.Kratval, M.Trondund, D.Kerrol, Dj.Blok,L.Enderson, R.Gens, L.Brig. Bu olimlar ishlab chiqqan pedagogik texnologiyalar 1966 yilda YUNESKO Xalqaro Konferensiyasi asos sifatida qabul qilinadi. MDXdagi olimlar: V.P.Bespalko, M.V.Klarin, G.K.Selevko,V.P.Monaxov, M.A.Choshanov, J.G ʻ .Yoʻ ldoshev, B.L.Farberman, N.S.Sayidahmedov va boshqalar. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling