Xiyonat razolat jaholatgacha, Bir qadam qo'ysangiz darrov yetgulik, Insoniy fazilat ibodatgacha, Bazan umr kamlik qilar, jazm etgulik. Vaqt


Download 109.5 Kb.
bet11/11
Sana09.06.2023
Hajmi109.5 Kb.
#1470097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'z ijodimdan she\'rlar

Sog’inchim…
Yurakni shoshirib toshqin daryoday,
Ko’ngilga bir ajib hisni jo etib.
Bulutlar tark etgan moviy samoday,
Sog’inchim ketmagin ketma qaritib.

Vujudim titrab noming aytaman,


Qalbimda yashagin to abad o’zing.
Sog’inchim ketmagin ketsang netaman,
Sevgi ham bilaman sening ildizing.

Sog’inchim ketmagin ketma yiroqlab,


Doimo yurarman seni ardoqlab.
Ishqimga yeturman nomingni oqlab,
Sog’inchim ketmagin ketma yiroqlab…

Shaydo qilding…
Men ko’yingda muhabbatdan mastonaman,
Kelgin yorim qadam bossang ostonaman,
Xasta yurak men bir oshiq devonaman,
Boqishingga shaydo qilib qo’yding meni,
Bir boqishla ado qilib qo’yding meni.
Ruhsoringga tashna yurak ohu zorim,
Sen malagim sensan mening beg’uborim,
Sog’indiku seni gulim dilozorim,
Boqishingga shaydo qilib qo’yding meni,
Bir boqishla ado qilib qo’yding meni.
***
Sevgi abad baxtga eltar ikkimizni,
Ishonch bog’lab turar boqiy sevgimizni,
Taqdir yerga qaratmasin yuzimizni,
Senla birga bo’lmoq nasib etsin gulim,
Senla bitta bo’lsin yorim taqdir yo’lim.
Ishq haqida o’qiganda afsonlar,
Kuygan ishqdan necha oshiq devonalar,
Aro yo’lda bo’lmaylikda sarsonalar.
Tilak tog’i dilda mangu unsin gulim,
Senla birga kezayin yor taqdir yo’lim.
So’nggi so’zu alvidolar bizga emas,
Ayriliqu g’am nidolar hech yo’lamas,
Bir birimiz tomonga dam intilsak bas,
Ishq saroyin birga barpo etib gulim,
Bizni shunda ajratolmas biror zulim.
VAQT
Vaqt to’xtagin buncha shoshmasang,
Men hali ko’p yashagim kelar,
Bo’lmaydimi to’lib toshmasang
Yuzda ham osh oshagim kelar.
Nechun buncha shoshmoqqa sabab,
Hech nimaga ulgurmayapman,
Yosh oltmishga boryapti qarab,
Hali baxtim to’ldirmayapman.
Vaqt bunchalar shoshasan nega,
Senga bog’liq umr soatim,
Yoki mendan qutulmoq senga,
Kerakmi yo jonim hayotim,
Shuncha so’zlar shuncha iltijo,
Seni ko’ngling eritmadimi,
Maqasadingni aylading bajo,
Meni noming qaritmadimi?
Vaqt bunchalar beshavqat tulpor,
Tutqich bermay qayga shoshasan,
Ko’zlarimni olyapti g’ubor,
Sen shunda ham mendan oshasan,
Vaqt bunchalar shoshasan nega…?
BAXT
Baxt izlayman tole kutar kelajagim,
Har kun omad tilomoqdir tilajagim,
Barchasiga yetarmikan bilajagim,
Baxtim o’zi xohlarmikan kelajagim.
Sabrim turar sinovlarga soya bo’lib,
Armon turar yo’l chetida qoya bo’lib,
Ming bir fitna dardlarimga doya bo’lib,
Baxtim o’zi xohlarmikan borajagim.
Kunim g’amu anduhlarga to’lib ketsa,
Do’stlarimning dushmanligi alam etsa,
Barchasiga sabr kosa to’lib ketsa,
Baxtim meni xohlarmikan ko’rajagim.


Download 109.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling