Gullar nolasi.
Gullar so'radilar bizdan ifor ol.
Ketmay qo'yaqolgin, ketmay qo'yaqol.
Ne qilasan ketib bevafo tomon.
Muhabbatni zavqin bizla tuyaqol.
Ishq uchun uzganding bizni qachonlar.
Mana qalbing tirnab qoldi tikonlar.
Yolg'iz qolgan eding o'sha zamonlar.
Kelgin ketma yana, ketmay qo'yaqol.
Shoir javobi.
Bizda gunoh yo'qdir gulim.
Ko'rol`maslar gunohkor.
Visol hisin tushunmagan.
Ig'vogarlar gunohkor.
O'shalarga bir gapim bor.
Xato emas qilgan ishim.
Chidolmayman g'iybat qilmang.
Ig'vogarga yo'qdir hushim.
Bitta gapim sevaman men.
O'shal qoshi qalamimni,
Mayli sizga indamayman,
She'rla olgum alamimni.
Sen kelmading.
Keldim kutdim,
Alam yutdim,
Sensiz o'tdim
Sen kelmading,
Ishqim xazon,
Bo'ldim sarson,
Bir men tomon,
Sen kelmading.
Oshiq yurak,
Kutar xalak,
Yig'lar falak,
Sen kelmading.
Yolg'on aytding,
So'zdan qaytding,
Ishqsiz o'tding,
Sen kelmading.
Visol armon
Sog'inch xijron,
Dardga darmon
Sen kelmading.
Dunyo totli,
Mukofotli,
Bo'ldim baxtli,
Sen kelmading.
Aka.
Boshimga g'am kelganda,
Alam qalbim tilganda,
Yolg'iz o'zim qolganda,
Aka yonimda turing.
Sizlar bor suyanch tog'im,
Hech ham qurimas bog'im,
Ezar bir xasratdog'im,
Aka yonimda turing.
Biz bo'laylik yelkadosh,
Xavas qilsin keksa yosh.
Sinovlar bermas bardosh,
Aka yonimda turing…
BUNCHA QIYNAYSIZ.
Yuragimga so'roqsiz kirib,
Sevgim aytsam labingiz burib,
Ketdingizku oromim olib,
Sevar yorim buncha qiynaysiz.
Bir kun kelib sevib qolarsiz,
Meni deya o'yga tolarsiz,
Taqdir bo'lsa yorim bo'larsiz,
Sevar yorim buncha qiynaysiz..
****
Mayin shamollar sochlaring silar,
Mendan baxtli ekan hatto shamollar,
Ko'kda oy yerda men bir vasling tilar,
Nasib etarmikan qo'ymas gumonlar.
Ishqingni kuyladim bo'ldim devona,
Bir nazar qilmading qoldim parvona,
Yuragim dukullar ox yona yona,
Vasling ro'yomikan yoki afsona…
****
Qalbim o'rtanar yurak qiynaydi,
Sevgimni sevgilim o'zi bilmaydi,
Pinhona muhabbat dardi tinmaydi,
Har safar aytgin deb ishqim sinaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |