Xiyonat razolat jaholatgacha, Bir qadam qo'ysangiz darrov yetgulik, Insoniy fazilat ibodatgacha, Bazan umr kamlik qilar, jazm etgulik. Vaqt
Download 109.5 Kb.
|
O\'z ijodimdan she\'rlar
Ketmoqdaman…
Ketmoqdaman olislarga ketmoqdaman Sensizlikni o‘zimga do‘st tutmoqdaman Lekin qalbim tub tubida bitta o‘tinch Seni yana, bir kelar deb kutmoqdaman Xato qildimmikan senga ko‘nggil berib Bag‘ritoshim qalbingga yo‘l topolmadim To‘g‘ri sevib yurardirman qaddim kerib Lek yolg‘izlik botqog‘idan chiqolmadim Vaqt o‘tyapti shamoldayin yelib yelib Bir kelmading axvolimni tayin bilib Mayli baxtli bo‘lsang bo‘ldi yurgin kulib Sensizlikka mahkum bo‘lib ketmoqdaman Ota ona… Uyga bormay qo‘ydim ishlar ko‘paydi Xar kun tashvish xo‘p yumushlar ko‘paydi. Vaqt topolmay qoldim ota onamga. Tushunarlar xar kun meni eslaydi. Derlar o‘g‘lim dunyo g‘ami bitmaydi Ishlamasang to‘g‘ri kuning o‘tmaydi. Bir bor kelgin kel yonimga dilbandim. Vaqt xakamdir umr kutib turmaydi. Kelgin bolam diydoringa bir to‘yay Farzandlaring erkalayin bir suyay. Jonim bolam sen jonimni payvandi Sening bolang mening borim dilbandim. Mag‘zi shirin degan gap bor elimda Sen uchun bir gap bor meni dilimda. Kel yonimga kel jonimga farzandim. Sensiz tongim otmayapti dilbandim Men o‘yladim otam onam bor ollox O‘zing asra o‘zing bo‘lgin sen panox Men boraman ota onam yoniga Quvonch beray men deb chekkan joniga Surur berib xar soniya damiga Davo topay tashvishiga kamiga. O‘zing umr o‘zing baxt ber olloxim Imkon bergin sog‘lik shaxd ber olloxim Men berayin topolmagan baxtini Ko‘rsatayin butun dunyo shavqini Yuz yoshda ham zavqu shavqqa to‘lsinlar Omon bo‘lib davru davron sursinlar So‘ngi so‘zim aytay yoru do‘stlarga Yakun beray bazi kamu ko‘stlarga Otam tog‘im deb suyandik Onam bog‘im deb suyandik Navbat bizga kelganida Ular asoga suyandi Qadr bergan mehr bergan Biz uchun ko‘p jabr ko‘rgan Avaylab xop yuksaltirgan Ul zotlarni asraylik. *****
Muhabbat bag'rin ochdi Dildan xalovat o'chdi Sen kelmading. Sog'inchlar g'amni quvdi Azobli damni quvdi Yoshlarim yuzim yuvdi Sen kelmading Ishq mayidan totaman Xar kun seni kutaman Sensiz qonlar yutaman Sen kelmading. Seni o'ylab ovinaman Rashk o'tida to'lg'onaman Xammadan man qizg'onaman Sen kelmading... Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling