Xiyonat razolat jaholatgacha, Bir qadam qo'ysangiz darrov yetgulik, Insoniy fazilat ibodatgacha, Bazan umr kamlik qilar, jazm etgulik. Vaqt


Download 109.5 Kb.
bet4/11
Sana09.06.2023
Hajmi109.5 Kb.
#1470097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'z ijodimdan she\'rlar

Sevaman degin.
Ey xurliqo parivash,
Yurakda ishqim otash.
Sen kelmasang ko'nglim g'ash.
Bir bor sevaman degin.
Ko'nglim kutar bir so'zni,
Begona qilma o'zni.
Bir dam to'xtatgin nozni.
Bir bor sevaman degin.
Qaddi qomatlar guldek,
Aylandim bir bulbuldek.
Yurakda qoldi hadik.
Bir bor sevaman degin.
Ishqim yolg'on o'ylama,
Yolg'ondan rad so'ylama.
O'zgani yor saylama,
Bir bor sevaman degin.

Oddiy haqiqat.
Yaproqning yuzini silaydi shamol.
Men yorim yuzlarin ko'ra olmayman.
Meni qiynayverar kunda bir savol.
Javobin o'ylab hech topa olmayman.
Biz baxtli edik hayotdan mamnun.
Taqdir yo'limizga tikonlar soldi.
Qilgan xatolarim yig'ilib shu kun.
Mendan qasosini shu yol-la oldi.
Ayriliq qiynadi qalbim o'rtandi.
Yurakda savollar qoldilar beun.
Hayot baxtni mendan,mendan qizg'andi.
Buncha xijron qiynar, bunchalar nechun.
Hayot davom etar misli bir daryo.
Kema yaxshi bo'lsa omon qolasan.
Yaxshi bo'lmasachi afsuski ammo.
Daryo tub tubiga mahkum bo'lasan.
Daryo bu taqdirning qiyinchiligi.
Imkon topgin do'stim katta kema qur.
Kema katta bo'lsa ko'ngil tinchligi.
Shunda hayotingga yetmaydi putur.

Umidsizlik.


Hayot qandayligin bilmayin turib.
Sinovlar neligin ko'rmayin turib.
O'zimcha xafaman hayotdan bugun.
Nima qiloldim deb shuncha payt yurib.
Bilmadim egildi qaddim shu bugun.
Ko'ngilda gumonlar aylanib tugun.
Omadim kelarmi kutayapman jim.
Erishay orzular bo'lmasdan kukun.
She'r bitdim she'rlarim she'r emas go'yo.
Ko'nglimni egallar cheksiz bir ro'yo.
Yoki esdan og'ib qoldimmikan yo.
O'zing madad bergin yaratgan xudo...
Ijod qilgim kelar ilhomim qani.
Kuylayin deymanu nolalar qani.
Ijodsiz hech kimman ayirma mani.
Imkon ber olloxim imkon ber menga...
Ijod qilsam xalqqa malham bo'lgulik.
Ijodsiz yashamoq oxir o'lgulik.
Shunday ijod qilay yodda qolgulik.
Ollohim yo'l ko'rsat, yo'l ko'rsat menga.

Ishonch taqdiri.


Omad kelarmi deb kutganlar qancha.
Hayotni jabrini totganlar qancha.
Muammo yechimi bormi deb ey voh.
Tangriga nol`alar qilganlar qancha.
Inson izlanarkan omad baxt uchun.
Yaxshi hayot uchun tole taxt uchun.
Shularga intilib berib bor kuchin.
Kimlardir hor bo'lar kun kelib nechun.
Imkoniyat cheksiz zamon o'zgacha.
Iste’dodlar qolib ketarlar qancha.
Ularning o'rnini to'ldirib bir kun.
Keladi uquvsiz bitta boyvachcha...


Download 109.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling