Aytsammi yo yo'q.
Seni qalbim pinhon izlagan,
Sevishimni aytsammi yo yo'q.
So'z topolmay tilim so'zlagan,
Qalb tubiga qadalgan bir o'q.
Ishqin so'zlar senga o'zgalar,
Ko'ngling kimda bilmas kimsalar.
Qoshing kamon, kiprik nayzalar,
Sevishimni aytsammi yo yo'q.
Yo'ling poylab kechayu Kunduz,
Bitta so'z ham aytmadim afsus.
Qolaverdim dard chekib mayus,
Sevishimni aytsammi yo yo'q.
Ilohiy tuyg'u.
Olloh suygan bandasiga,
Ishqni ato etarkan.
Shu ilohiy tuyg'u sabab,
Inson baxtga yetarkan.
Ishq shundayin boqiy tuyg'u,
Agarda u chin bo'lsa.
U bor joyda yo'qdir qayg'u,
Baxtlimiz nasib qilsa.
Oshiq maktubi.
Gul yuzingni ko'ray deyman,
Yuzlaringni berkitma.
Senla hayol suray deyman,
Dildorim yiroq ketma.
Intizoring bo'ldim mana,
Kel yonimga qiynama.
Ishq uyidan topdim pana,
Xijronlarda sinama.
Ko'nglim sezar ko'ngling menda,
Biroq ishqing tan olmaysan.
Xatlar bitdim kecha kunda,
Bitta javob ham yozmaysan.
Men kutaman seni abad,
Bir kun baxtga yetamiz.
Qo'llarimdan tutsang bir kun,
Baxt qasriga ketamiz.
****
Aylabon meni abgor,
Sevgimizni unutding.
Ey xurliqo go'zal yor,
Sen nega mendan ketding.
Tuman bosdi ko'ngilni,
Imkon izlab adoman.
Yo'lin yo'qotgan qushday,
Sensiz dalli gadoman.
Fig'onim ko'kka yetdi,
Alam ezdi yurakni.
Dildorim qayga ketdi?
YO o'zga yor kerakmi?
Oxir ishqning bog'ida,
Sayragan bulbul bo'ldim.
Ko'rdim xijron dog'ini,
Sevgida unutildim.
Sog'inchim…
Yurakni shoshirib toshqin daryoday,
Ko'ngilga bir ajib hisni jo etib.
Bulutlar tark etgan moviy samoday,
Sog'inchim ketmagin ketma qaritib.
Vujudim titrab noming aytaman,
Qalbimda yashagin to abad o'zing.
Sog'inchim ketmagin ketsang netaman,
Sevgi ham bilaman sening ildizing.
Sog'inchim ketmagin ketma yiroqlab,
Doimo yurarman seni ardoqlab.
Ishqimga yeturman nomingni oqlab,
Sog'inchim ketmagin ketma yiroqlab…
Do'stlaringiz bilan baham: |