Фармойиш ва гувоҳлик берувчи ҳужжатлар деганда бир вақтнинг ўзида хўжалик операциясини амалга оширишга берилган фармойишни ифодаловчи, ҳам бу фармойиш асосида ҳақиқатда юз берган хўжалик операциясига гувоҳлик берувчи ҳужжатлар тушунилади.
Бошланғич ҳужжатлар деб хўжалик операцияси содир бўлган вақтда тузилган ҳужжатлар тушунилади. Барча гувоҳлик берувчи ҳужжатлар бошланғич ҳужжатлар ҳисобланади.
Йиғма ҳужжатлар деганда бошланғич ҳужжатлар асосида тузилган ва уларнинг маълумотларини маълум давр учун жамлаб берадиган ҳужжатлар тушунилади. Бундай ҳужжатларга моддий ҳисоботлар, аванс ҳисоботлари, товар-пул ҳисоботлари, банк кўчирмалари ва бошқалар киради.
O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo'yicha me'yoriy huquqiy asoslar.
Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimidagi amalga oshirilayotgan ishlar “bosqichma-bosqich rivojlanish” tamoyillariga asoslanib kelmoqda.
birinchi bosqich: 1994 yil “Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida”gi Nizomni ishlab chiqilishi;
ikkinchi bosqich: 1996 yil “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunning qabul qilinishi;
uchinchi bosqich : 1998 yil “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari”ni yaratilishi;
to’rtinchi bosqich: 2002 yil “Moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish” bo’yicha turli me’yoriy xujjatlarning qabul qilinishi;
beshinchi bosqich: 2012-2015 yillar “Tadbirkorlik subyektlarida statistic, soliq va moliyaviy hisobotlarni soddalashtirish, topshirishning elektron tizimi” ga to’la o’tkazilishi.
Hisob turlari: tezkor (operativ), statistik va buxgalteriya hisobi.
Operativ (operativ-texnik) hisob deganda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda operativ nazorat qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida yuritiladigan tezkor hisob tushuniladi. Ushbu hisob turining xarakterli xususiyatlari uning qisqa muddatlarda (daqiqalar, soatlar, kunlar, haftalar, o'n yilliklar) yuritilishi, ma'lumotlarning shakllantirilishi va taqdim etilishi uchun to'liq hujjatli asosga ega bo'lishi shart emasligi, foydalanuvchilarga qog'oz yoki qog'ozsiz, og'zaki yoki telefon aloqasi bilan yetkazilishi, shu jumladan ma'lumotlarning taxminiyligi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |