Xolbekova mohichexraning "texnologiya" faniga oid


modul. Texnologiya fanini o’qitishning didaktik tamoyillari


Download 0.65 Mb.
bet15/140
Sana04.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1748348
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140
Bog'liq
Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt bo-fayllar.org

2 modul. Texnologiya fanini o’qitishning didaktik tamoyillari.
6-Mavzu: Mehnat ta’limining didaktik tamoyillari.
Reja:
  1. Onglilik va faollik.


  2. Ilmiylik va tizimlilik.


  3. Nazariya va amaliyot birligi. Ta’lim-tarbiya birligi.


  4. Ko’rsatmalilik. Mustahkam va puxta o’zlaslitirish.


  5. Yosh va individual xususiyatni hisobga olish. Izchillik. Unumli mehnat asosida o’qitish.




Tayanch iboralar: Didaktika,tamoyil, nazaariya, amaliyot, o’zlashtirish, izchillik, o’qitish jarayoni
Didaktika pedagogikaning ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganadigan qismidir. Didaktika grekcha didaktikos so’zidan olingan bo’lib, bu o’qitish nazariyasidir, o’qitaman, o’qishni o’rgataman ma’nolarini anglatadi. Didaktika o’qitish jarayonining shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. Pedagogik nazariyaning ta’limotiga ko’ra didaktika va metodika bir-biri bilan uzviy bog’liq. Metodika ilmiy usullar haqidagi fandir, va u didaktikaning bir bo’limi. Bunda didaktika “nimani o’qitish” va “nima uchun o’qitish” kerak degan savollar bilan shug’ullansa, metodika esa u bilan uzviy bog’liq holda “qay tarzda” va “nimalar yordamida” o’qitish masalalari bilan shug’ullanadi. Bunda amaliy usullar tizimi maxsus sohaning mazmuniga bog’liqligini hisobga olish zarur.
o’kituvchi faqat o’qitishning qonuniyatlarini bilishgina emas, balki ularni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratib bera olishi ham muhim. Bunga ayrim yetakchi boshlang’ich qonuniyatlarni chuqur tushunish va ularni o’quv jarayonida qo’llash orqali erishiladi. Bunday qonuniyatlar didaktikada ta’lim tamoyillari yoki didaktik tamoyillar deb nom olgan.
Didaktikaning asosiy tamoyillari quyidagilardir. Mehnat ta’limining quyidagi tamoyillari mavjud.
  1. Ta’lim va tarbiya birligi


  2. Ta’limning ilmiyligi


  3. Ta’limda tizimlilik va izchillik


  4. Nazariya va amaliyot birligi


  5. Yosh individual xususiyatlarni hisobga olish


  6. Ta’limning politexnik xususiyatga egaligi


7. Onglilik va faollik


8. Ta’limda ko’rsatmalilik
9. bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning mustahkamligi va puxtaligi

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling