Xolbekova mohichexraning "texnologiya" faniga oid


Mehnat ta’limi bo’yicha o’quv ustaxonasida yasaladigan buyumlar ro’yxati


Download 0.65 Mb.
bet55/140
Sana04.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1748348
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   140
Bog'liq
Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt bo-fayllar.org

Mehnat ta’limi bo’yicha o’quv ustaxonasida yasaladigan buyumlar ro’yxati - har bir sinfda o’quvchilar o’quv yili davomida qanday ishlarni bajara olish imkoniyati mavjudligini oldindan aniqlash, bu ishlarni bajarishda nazariya va amaliyotning bir-biriga mutanosibligini amalga oshirish hamda ularni qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligini ko’rsatuvchi hujjat bo’lib, uni har bir mehnat ta’limi o’qituvchisi mahalliy shart-sharoitlar, o’quv dasturiba ko’rsatilgan ish obektlarining namunaviy ro’yxatini hisobga olgan holda kalendar mavzuli rejaga asoslanib ishlab chiqadi va u maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Mehnat ta’limi bo’yicha o’quv-ishlab chiqarish (o’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar) ro’yxati va kalendar mavzuli reja bir vaqtda tuziladi.
Mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish darslarining tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar bilan bog’liqlik jadvali - har bir mavzu mazmunini yoritishda uning mohiyatini o’quvchilar tomonidan chuqur, ilmiy asoslangan holda tasavvur etishlari, vaqtdan unumli foydalanish, nazariy bilimlarini amalda, hayotga va ishlab chiqarishga qo’llash imkoniyatlarini keng yoritish, ularning politexnik tushunchalarini kengaytirish maqsadida o’qituvchi tomonidan tuziladi hamda u kalendar mavzuli rejada o’z ifodasini topadi.
Dars rejasi. Dars rejasi tanlangan shakl va metodlar asosida mashg’ulotni qanday tashkil etish, uning tuzilishi va mazmunini qanday izchillikda amalga oshirishni ko’rsatuvchi xujjat bo’lib o’qituvchi tomonidan har bir mashg’ulot uchun alohida-alohida tuziladi va maktab direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan har bir mashg’ulotdan oldin tasdiqlanadi. Dars rejasining tuzilishi nazariy mashg’ulot, amaliy mashg’ulot, aralash va ekskursiya mashg’ulotlari bo’yicha bir-biridan farq qiladi.
Dars matni (konspekti). Dars rejasi va dars matnini tayyorlash o’qituvchining darsga tayyorlanganligining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Dars matni dars rejasida ko’rsatilgan izchillikda yozilishi lozim bo’lib, unda o’quvchilarga yetkazilishi zarur bo’lgan asosiy tushunchalar, sxema va chizmalar hamda yesda saqlab qolishi nisbatan qiyin bo’lgan ma’lumotlar aks ettiriladi. Bunda o’quv dasturiba ko’rsatilgan meyordan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi.
Dars matni darslik va metodik adabiyotlar, hamda o’qituvchining ish tajribalari asosida yozilib, dars rejasi bilan bir vaqtda maktab direktorining o’quv ishlari bo’yicha muovini tomonidan tasdiqlanadi va dars rejasi va matni bilan o’qituvchi darsga kiradi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling