«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»


Tadqiqot obyekti va predmeti


Download 209.35 Kb.
bet4/19
Sana19.01.2023
Hajmi209.35 Kb.
#1102455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BMI-18

Tadqiqot obyekti va predmeti. Ishimizning obyekti sifatida 2004 – 2009 yillarda prof. S. Ro’zimboev rahbarligida to’plab nashr qilingan “Go’ro’g’li” va “Oshiqnoma” turkumidagi Xorazm xalq dostonlari (og’zaki va kitobiy variantlari) belgilab olindi. Bundan tashqari, 2006 yilda Toshkentda nashr qilingan “Go’ro’g’li” turkum dostonlari materiallari ham ishga jalb qilingan. Shuningdek, ishda onomastika sohasiga oid tadqiqotlar materiallaridan ham foydalanildi.
Natijalarning e’lon qilinganligi. Bitiruv ishi yuzasidan mahalliy nashrlarda maqola va tezislar e’lon qilingan. O’zbek tilshunosligi kafedrasida tashkil qilingan ilmiy-nazariy seminarlarda ma’ruzalar qilingan.
Ishning tuzilishi. Mazkur bitiruv-malakaviy ish kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, uning umumiy hajmi 70 sahifani tashkil etadi. Ishga Xorazm dostonlaridagi pretsedent nomlar lug’at-so’zligi ilova qilinishi ko’zda tutilgan.


I BOB
XORAZM DOSTONLARIDAGI NOMLAR XUSUSIDA
Xorazm onomastik tizimining shakllanishi g’oyat murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki bugungi kundagi Xorazm hududi turli urug’ qabilalar, har xil genetikaga ega tillar bir-biri bilan aralashgan, to’qnashgan makondir. Bu, albatta, toponimikada, umuman, onomastik tizimda o’z aksini qoldirmay iloji yo’q. Bu borada, darhaqiqat, Xorazm vohasi hududida uning uzoq asrlar davomidagi tarixiy jarayonida til jihatidan turli tillar oilasiga kiruvchi va turli manbalarga mansub kishilarning yashagani ma’lum. Bu, shubhasiz, hozirgi Xorazm shevalari (va umuman turkiy tillarning ko’pchiligi) leksikasida, xususan, tarixiy toponomiyasida o’z aksini qoldirgan. Xalq dostonlari leksikasi ham bundan mustasno emas.
Haqiqatan ham, mazkur hudud o’zining geografik sharoiti bilan turli etnogenetik va madaniy aloqalarning to’qnashgan, aralashgan o’rni bo’lgan. Xorazm vohasining G’arb va Sharq mamlakatlarini bir-biri bilan bog’lovchi yo’lda joylashganligi va boshqa tarixiy-siyosiy sharoitlar bu yerda bir tomondan Ural, Volga bo’yi va G’arbiy Sibir xalqlarining, ikkinchi tomondan O’rta Osiyo, Eron, Old Osiyo, Zakavkaze xalqlari va boshqa tomondan Hindiston etnik guruhlarining tili, madaniyati aralashuviga, to’qnashuviga sabab bo’lgan. Xorazm aholisining etnik tarkibi o’tmishda juda murakkab va xilma-xil bo’lganligi, ayniqsa, bu xususiyat uning janubiy qismida juda yorqin saqlanganligi ko’pgina tarixiy-etnografik asarlarda qayd etilgan1.
Xorazm shevalari leksikasini, xususan, uning toponimiyasini kuzatish mazkur shevada xorazmiy tili elementlari saqlanib qolganini ko’rsatadi. Garchi, bu til XIII-XIV asrlarda butunlay turkiy tillar bilan aralashib, assimilyatsiyalashgan bo’lsa ham, hozirgi kunda Xorazm toponimiyasida ko’plab grammatik va leksik elementlar saqlanganki, shubhasiz, bu tilning eroniy tillar guruhiga, aniqrog’i, uning Sharqiy Eron tarmog’iga mansubligini ko’rsatadi. Ko’pgina toponimik elementlar hozirgi forsiy tillar asosida juda aniq izohlanadi. Ammo toponimlar orasida shunday toponimik asoslar va formantlar mavjudki, ularni hozirgi forsiy tillar materiali sifatida izohlash mumkin emas2. Bu fakt Xorazm onomastikasida substrat nomlarning o’ziga xos lingvistik xususiyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi. Ayni vaqtda, ular xorazmliklar etnogenezida eron elementlaridan farq qiluvchi boshqa etnik elementlar ishtirok qilgan bo’lishi mumkin, deb xulosa chiqarish uchun asos bo’la oladi.
Xorazm vohasidagi bu murakkab etnolingvistik jarayon xorazmiylar va hozirgi Xorazmda istiqomat qiluvchi aholi tilida o’z izini qoldirganligi shubhasizdir. Shunday ekan, Xorazm toponimiyasining shakllanishida, umuman, Xorazm tarixiy onomastikasida, uning taraqqiyot bosqichlarini belgilashda bu muhim jihatlarni e’tiborga olish mutlaqo zarurdir. O’rta Osiyo, shu jumladan, Xorazmda istiqomat qilgan xalqlarning eramizdan avvalgi VI asrdan to eramizning VII asrigacha bo’lgan ma’lumotlar fanimizga, asosan, chet mamlakatlarda yaratilgan manbalar orqali kirib kelgan. Qadimgi fors yozuvlari, grek va lotin, arman va suriyalik geograflar va tarixchilar keltirgan ma’lumotlar, qadimgi Xitoy tarixiy etnografik adabiyoti ana shunday manbalardan hisoblanadi.
Xorazm nomi fors yozuvlarida, “Avesto”da va pahlaviy tilida yozilgan diniy asarlarda, grek, lotin, xitoy va arman manbalarida bir necha bor tilga olinadi. Biroq ularda o’lka va uning aholisi to’g’risida batafsil ma’lumot berilgan emas. Abu Rayxon Beruniyning “Xorazm tarixi” asarida ham bu o’lka tarixi haqida sxematik ma’lumotlar berilgan. U afrig’iylar sulolasining (305-995) yigirma ikki hukmdorini sanab o’tadi. Ba’zilarining hukmdorlik qilgan yillari to’g’risida xronologik ma’lumotlar keltiradi.
Olimlar shu narsani qayd qilib o’tgan edilarki, turli xil qadimgi adabiy yodgorliklarda uchrovchi Xorazmga oid qisqa-qisqa ma’lumotlar Xorazm O’rta Sharq va Sharqiy Yevropaning qadimgi tarixida salmoqli o’rin tutganligidan darak beradi. Xorazm vohasining to’zonli tarixida bu yerdagi aholining uzluksiz kurashlar olib borganligi, o’lkaning goho mislsiz gullashi va rivojlanishini, goho inqirozga yuz tutib o’nlab shaharlarning xarobaga aylanganligini ko’rish mumkin. Eramizdan oldingi VI asrlarda Xorazm rivojlangan va mustahkam davlatga aylandi. U endi turli bosqinchilik urushlari olib bora boshladi. Antik davr tarixchisi Gerodotning yozishicha, Xorazm davlati bu davrlarda hozirgi Turkmaniston janubidagi yerlarni ham o’ziga bo’ysundirgan edi. (Gerodot. Tarix. 1. 201-205)1
Ammo keyinchalik Xorazmning qudratiga putur yetadi. Eron shohlari Kir va Dariy uning ma’lum qismini bosib oladilar va o’zlariga tobe hududga aylantiradilar. Eramizdan oldingi I asrlarda O’rta Osiyo territoriyasida Hindistonni ham o’z ichiga olgan, Sharqda eng yirik Kushon imperiyasi vujudga keladi. Kushon imperiyasi tarkibiga kirgan Xorazm eramizning III asrlarida yana o’z mustaqilligiga erishadi va rivojlanish davriga o’tadi.
Bizning davrimizgacha o’z bag’rida ajoyib madaniyat yodgorliklarini saqlagan Tuproqqal’a qo’rg’oni shu davrda barpo etilgan. Bizgacha yetib kelgan arxeologik materiallarning guvohlik berishicha, bu davrda xorazmiy tili asta taraqqiy etgan. Xorazmda oromiy yozuvi asosidagi yozuv tizimi mavjud edi, shuningdek, ximiya, geografiya, astronomiya, geometriya, minerologiya kabi fanlar rivojlandi. Umuman, hozirgi Xorazm xalqi shakllanishi, ularning etnogenezini o’rganishda arxeologik topilmalar bilan bir qatorda, shu kungi tirik sheva materiallari, xalq og’zaki ijodi namunalari, xususan, onomastik birliklarning ahamiyati kattadir. Ammo shu kungacha Xorazm folklori onomastik materiallari ilmiy jihatdan tekshiruvga tortilmagan.
Atoqli otlar ham til birliklari bo’lib, jamiyat taraqqiyoti va unda ro’y bergan o’zgarishlar, diniy va milliy an’analar har bir davrda shu davr mafkurasi va madaniyati bilan bog’liq holda tilning lug’at sostavidan o’rin olib boradi. Shuni ham alohida qayd etish lozimki, bir tushunchani ifoda etuvchi nomlar faqat o’zi mansub bo’lgan, faoliyat ko’rsatadigan tilning leksik-semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini o’zida mujassam etgan bo’ladi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, qadimiy atoqli otlarni o’rganish bilan bog’liq murakkab muammolardan biri tarixiy nomlar tushunchasini aniqlashdir2. Tarixiy nomlar majmuini zamonaviy ismlar fondidan farqlash murakkab masaladir. Chunki tarixiy deb yuritiluvchi ko’pgina nomlar hozirgi davr onomastik fondida ham iste’molda bo’lib, faol qo’llanmoqda. Bunday nomlar tilda paydo bo’lish va yashash davriga ko’ra tarixiy bo’lsa-da, qo’llanishi, hayotiyligiga ko’ra zamonaviydir. Bu, ayniqsa, antroponimlar tizimida yaqqol namoyon bo’ladi. Ismning tarixiy ekanligini belgilash uning ma’lum o’tmishdagi tarixiy yozma manbalarda yoki folklor asarlari tilida uchrashi kabi xususiyatlariga asoslanishi lozim.
Dostonlar onomastik tizimini zamonaviy tilshunoslik yo’nalishlari, xususan, antroposentriki jihatdan tadqiq qilish natijasida olingan xulosa va nazariy umumlashmalar tarixiy nomlarni bugungi onomastik tizim bilan qiyosiy tahlil qilishda, onomastik tizimning rivojlanishi, taraqqiy qilish va boyish qonuniyatlariga oydinliklar kiritish mumkin.



Download 209.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling