«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»
II BOB XORAZM DOSTONLARIDAGI NOMLARNING
Download 209.35 Kb.
|
BMI-18
II BOB
XORAZM DOSTONLARIDAGI NOMLARNING MAVZUIY GURUHLARI 2.1. Dostonlar onomastikasining lingvokulturologik jihatlari Antropotsentrik tilshunoslikning yetakchi yo’nalishlaridan biri hisoblangan lingvokulturologiya (lot. lingua – til + lot. cultura – ishlov berish + yun. logos – taъlimot) tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari hamkorligida yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o’zaro aloqasi va ta’sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o’rganuvchi sohadir1. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, mazkur soha XX asrning so’nggi choragida shakllandi, “lingvokulturologiya” termini esa V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan bog’liq ravishda yuzaga keldi2. Lingvokulturologiyaning yuzaga kelishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.fon Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar3. Tilshunoslikda bu sohaning shakllanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glints, X.Xolts, U.D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbitskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning qarashlari muhim rol o’ynaganligi ta’kidlanadi4. Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o’zbek tilshunosligida oxirgi o’n yilliklarda paydo bo’la boshladi. Masalan, Z.I.Solievaning nomzodlik ishi o’zbek va fransuz tillaridagi sententsiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan1. Xorazm dostonlaridagi ko’pgina nomlar muayyan hududda yashovchi xalqning turmush madaniyati bilan chambarchas bog’liq bo’lgan nomlardir. Dostonlar onomastik tizimiga aloqador nomlar o’zining nom tanlash tamoyillariga ko’ra turli xil bayramlar, kishilarning kiyinishi, ko’rinishi, shug’ullanadigan mashg’uloti va ranglar bilan bog’liq holda ifoda etiladi. Quyida ana shunday xususiyatga ega bo’lgan nomlarning ayrimlari haqida to’xtalamiz. Download 209.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling