«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»


Xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik yo’nalishlar bo’yicha guruhlanishi


Download 209.35 Kb.
bet5/19
Sana19.01.2023
Hajmi209.35 Kb.
#1102455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BMI-18

1.1. Xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik yo’nalishlar bo’yicha guruhlanishi
Til bu insonning butun borlig’i – moddiy turmushi, madaniy va ma’naviy hayoti, etnik va ruhiy holati, aql-u tafakkuri, estetik olami, o’tmishi, buguni va istiqbolini gavdalantiradigan musaffo oynadir. Bu oynaga qarab turib, xalqning mentalitetini, etiketini, etnik urf-odatlarini, o’ziga xos boshqa xususiyatlarini bilib olish mumkin1. Nutqda qo’llanilayotgan birliklar orasida onomastik birliklarning o’rni beqiyosdir. Nomlarning turli jihatlarini tahlil qilish, o’rganish va keng jamoatchilikka yetkazish bugungi kun tilshunoslari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Nomlar u joy nomi yoki kishi ismi,daryo yoki tog’lar nomi, cho’l yoki hayvon nomi, umuman, qanday vazifadagi ko’rinishi bo’lishidan qat’iy nazar har bir millatning o’ziga xosligini yaqqol namoyon etib beruvchi lisoniy vositadir.
Nomlarning jamiyatimiz hayotida ana shunday muhim o’rni mavjudligini keyingi paytda mamlakatimiz miqyosida joy nomlaridan xalqimiz tarixi, madaniyati va qadriyatlariga aloqador bo’lmagan nomlarni qayta ko’rib chiqilishi bo’yicha olib borilayotgan harakatlar ham tasdiqlashi mumkin.
Bugungi kunda xalqimiz farovonligi yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarda, xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi” borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Unda ko’zda tutilgan millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik masalalarida onomastikaning muhim o’rni mavjud1.
Xo’sh, millatimiz o’tmishi, yashash tarzi, urf-odatlari-yu qadriyatlari, qardosh xalqlar va qo’shni o’lkalar bilan munosabatlar aks etib turuvchi nomlarni qayerdan izlash mumkin? Xalq dostonlari ana shunday manbalardan biridir. Albatta, dostonlar leksikasi xalq shevalari, xususan, aytuvchining shevasi bilan izohlanadi, biroq shu shevaning o’zida o’sha xalq tilining qadimiy ildizlari, ularning urf-odatlari-yu, e’tiqodi, shu o’lkalarda ro’y bergan tarixiy jarayonlarning izlari ko’p hollarda, shevalar orasida kam farqlanuvchi elementlardan hisoblanadi.
Xalq dostonlari leksikasidagi turli lisoniy birliklar o’zining qadimgi shakllarini saqlashi bilan birga, zamonaviy til birliklarini ham aks ettirishi mumkinligi bilan ham ahamiyatlidir. Shu jihatdan olib qaraganda,Xorazm hududiy regionida tarqalgan dostonlar tili va undagi onomastik birliklar bugungi o’zbek tilining nomshunoslik yo’nalishlari tarixi va taraqqiyotini o’rganish uchun juda zarurligini rad etish qiyin.
Dostonlar tilida qo’llanilgan nomlarning ham yuqorida tilga olib o’tilgan xususiyatlari mavjudki, ularni zamonaviy tilshunoslik me’yorlari bo’yicha tekshirish juda muhim xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi. Bugungi tilshunoslik fanida paradigmalar miqdori haqida turli fikrlar mavjud bo’lsa-da, asosan, uchta paradigmani farqlash odat tusiga kirgan, ya’ni 1) qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, 2) sistem-struktur tilshunoslik va 3) atroposentrik tilshunoslik paradigmalari2.
O’zbek tilshunosligining keyingi taraqqiyotida turli xil yo’nalishlar o’z aksini topib bormoqda. Alohida ta’kidlash joyizki, til ko’p vazifali hodisadir, uning muayyan bir hodisasiga asoslangan holda yaxlit mohiyatini belgilab bo’lmaydi. Ko’pncha tilning aloqa vositasi bo’lmish –kommunikativ vazifasiga suyaniladi. Aslida esa, kommunikativ vazifa bilan bir qatorda “til dunyoni bilish va bilimlarni to’plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go’zallik kategoriyalarini voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni bajaradi1”.
Antroposentrik tadqiqot yo’nalishlari bir qancha tekshirish paradigmalarini o’z ichiga qamrab oladi. Jumladan, kognitiv-semantik tadqiq yo’nalishi, diskurs tadqiq yo’nalishi, psixolongvistik tadqiq yo’nalishi, lingvokulturologik tadqiq yo’nalishi, entolingvistik tadqiq yo’nalishi, pragmalingvistik tadqiq yo’nalishi va boshqalarni keltirish mumkin.
Xorazm dostonlari tilida uchraydigan onomastik birliklarni tekshirish jarayonida ularning mazkur yo’nalishlarga mos keluvchi jihatlarining mavjudligi alohida e’tiborni tortadi. Antroposentrik tilshunoslik paradigmasining tarkibiga kiritiluvchi yuqorida tlga olib o’tganimiz yo’nalish va tarmoqlarga taalluqli bo’ladigan onomastik lisoniy birliklar tilimizga oid barcha manbalarda ham uchrashi mumkin. Ammo bizning mavzu obyektimiz va ishimizning hajmidan kelib chiqqan holda Xorazm dostonlarida qo’llanilgan nomlarga murojaat qilamiz.
Xorazm dostonlarini tekshirish va ulardagi nomlarni antroposentrik yo’nalishlarga mosligini tekshirish orqali juda qiziq faktlarga duch keldik. Biz tahlilga tortgan nomlarning katta foizi xalqimizning madaniy hayoti bilan bog’liq bo’lgan nomlar bo’lib chiqdi. Lingvokulturologik tilshunoslikkka aloqador bunday nomlar antroposentrik tarmoqlarga mansub bo’lgan nomlar orasida eng ko’p hajmda ekanligi ma’lum bo’ldi.
Shunday nomlarga misol qilib: Vali do’nik (G-1. “Go’ro’g’lining darbandga ketishi” dostoni, 438-b), Yozim barzangi (G-1. “Safar mahram” dostoni, 337-b), Zol (G-2. “Zulfizar” dostoni, 206-b), Mustob guppi (G-2. “Gulqizoy” dostoni, 152-b), Otboylar (G-2. “Gulqizoy” dostoni, 153-b), Pirizan (O-2. “Shahriyor” dostoni, 422-b), To’xtamish ko’r (G-2. “Oygulqizning vafoti” dostoni, 274-b), Xo’pnishon pari (G-1. “Avaz uylangan” dostoni, 108-b), Shomomo (G-1. “Kampir” dostoni, 210-b), Shoqalandar (G-1. “Kampir” dostoni, 221-b), Shohvalad (O-2. “Oshiq G’arib va Shohsanam” dostoni, 103-b), G’arib (O-2. “Oshiq G’arib va Shohsanam” dostoni, 13-b), G’ulom (O-2. “Shahriyor” dostoni, 356-b) kabi antroponimlarni; Ali bayrami (G-2. “Go’ro’g’lining o’limi” dostoni, 414-b), Navro’z (O-2. “Oshiq Alband” dostoni, 162-b) kabi bayram va sayl nomlari, Balotov (G-2. “Nuralining yoshligi” dostoni, 297-b), Darband (G-1. “Bozirgon” dostoni, 357-b), Karbalo (G-1. “Qirq minglar” dostoni, 170-b) kabi tog’, shahar va cho’l nomlarini keltirish mumkin.
Xorazm dostonlarida qo’llanilgan atoqli otlarning antroposentrik tilshunoslikning inson ruhiyati bilan bog’liq bo’lgan turlari ham miqdor jihatidan ancha salmoqli o’rinni egallashi tekshirishlardan ma’lum bo’ldi. Nega deganda, dostonlar onomastik tizimida afsonaviy, mifik, hayoliy obrazlar va obyektlarning nomlari ancha faolligi bilan ajralib turadi. Buning ham o’ziga xos sabablari bor, albatta. Chunki dostonlar badiiy matnlarga ega bo’ladi va shuning uchun ham badiiy maqsadni amalga oshirish uchun turli xildagi simvolik, mifik va boshqa turdagi onomastik birliklardan foydalanish zarurati tug’iladi. Psixolingvistik tilshunoslik tarmog’iga aloqador bunday nomlarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin.
Amud (O-1. “Hurliqo va Hamro” dostoni, 121-b), Ahriman (O-2. “Oshiq G’arib va Shohsanam” dostoni, 37-b), Govdaroz (G-2. “Govdaroz dev” dostoni, 160-b), Devsafid (G-2. “Sumbulsoch beka” dostoni, 314-b), Oqdev (G-2. “Balogardon” dostoni, 282-b) kabi dev nomlari; Aspi jahongir (O-2. “Xiromon pari” dostoni, 401-b), Botipon (O-3. “Yusuf va Ahmad” dostoni, 31-b), Palang ot (G-2. “Sumbulsoch beka” dostoni, 314-b), Buroq (G-2. “Rayhon Arab” dostoni, 63-b) kabi ot nomlari; Anqo (G-2. “Xiromon dali” dostoni, 382-b), Bulbuligo’yo (O-2. “Shahriyor” dostoni, 356-b), Semurg’ (G-1. “Tuhmat tashlag’an” dostoni, 261-b) kabi afsonaviy qushlar nomlari; Ko’hi Qof (G-1. “Yunus pari” dostoni, 58-b), Uchgumbaz (G-1. “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostoni, 28-b) kabi afsonaviy tog’ nomlari, Madinatul qa’riya (O-1. “Royi Chin” dostoni, 137-b), Chohi moron (O-1. “Malikai Zavriyo” dostoni, 307-b), Shabiston (O-3. “Gul va Sanobar” dostoni, 232-b) kabi abstrakt ma’nodagi joy nomlari va boshqa tipdagi Setan, Haftan, Chiltan (G-1. “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostoni, 27-b) kabi noreal nomlarni keltirish mumkin.
Nomlar muayyan xalq, etnik guruhning turmush tarzi tarixi, odatlarini aks ettirmasligi mumkin emas. Shu jihatdan olib qaraganda, Xorazm dostonlari tilida uchraydigan onomastik birliklarning etnolingvistik yo’nalishga yaqqol aloqadorligi bo’rtib turuvchi nomlar guruhi ham alohida mavqeda turadi. Shunday nomlardan, eng ko’p qo’llaniladiganlari, asosan, kishi nomlari (antroponimlar) bo’lib chiqadi. Etnolingvistik xarakterdagi kishi nomlarining katta foizi kishilarning diniy qadriyatlari bilan bog’liq bo’lgan arbiy asosli nomlardir. Jumladan: Abbos, Abu Bak, Ali, Ayyub, (O-2. “Oshiq G’arib va Shohsanam” dostoni, 100-101 betlar), Alixo’ja eshon (O-3. “Yusuf va Ahmad” dostoni, 27-b), Bahouddin, Vaysulqora, (O-2. “Oshiq Alband” dostoni, 172-b), Zangibobo (O-1. “Edigo” dostoni, 180-b), Idris (O-2. “Shahriyor” dostoni, 384-b), Imom Rizo (O-2. “Asil va Karam” dostoni, 291-b), Ishoq (O-1. “Royi Chin” dostoni, 147-b), Mansur Xalloj (O-2. “Oshiq G’arib va Shohsanam” dostoni, 49-b) va boshqalar.
Xorazm dostonlari tilida uchraydigan mazkur toifaga mansub yana bir turrdagi nomlar borki, ular xalqlarning nom qo’yish doatlari bilan aloqadordir. Masalan: Avaz, Go’ro’g’li, Ravshan, Gulandom, Gulasal, Guljamol, Kajangsho, Sfar avg’on, Edigo, Jig’olibek (barcha nomlar yuqorida tilga olingan dostonlar matnidan olinga) va boshqalar. Shu bilan bir qatorda Sori, Jo’vud, Taka, Tojik, Totor, Chovdir, Ersari kabi urug’ nomlari ham faol qo’llanilganini kuzatamiz.
Tekshirishlar antroposentrik yo’nalishlarda o’rganilishi mumkin bo’lgan onomastik birliklar Xorazm dostonlari tilida ancha ko’pligini, aniqrog’i, nomlar aslida inson omilidan tashqarida mavjud bo’lmasligini ko’rsatdi. Mazkur bo’limda biz antroposetrik yo’nalishlarning ayrimlariga mansub bo’lishi mumkin bo’lgan nomlarni guruhlab o’tishga harakat qildik. Keyingi boblarda bularga alohida to’xtalamiz.

Download 209.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling