Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi


Oriental Renaissance: Innovative


Download 485.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana25.01.2023
Hajmi485.56 Kb.
#1122414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
808 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi ijtimoiy hayotning ko‘pgina 
sohalarini qamrab olganligi, obrazlarning nihoyat darajada mukammal ishlanganligi, 
umuman mazmuni va badiiy xususiyatlari jihatdan Yaqin Sharqdagi “Oshiq G‘arib” 
dostonidan keskin farq qiladi”
1
.
Darhaqiqat, har bir xalq o‘ziga xos yashash sharoitiga, urf-odat, an’analariga ega 
bo‘lgani bois og‘zaki ijod yodgorliklari ham bir-biridan farq qilishi, tabiiy. Hattoki 
bir hudud ichida farq qilish holatlari ham mavjud. Ushbu dissertatsiyada Xorazm 
dostonlari bilan Samarqand dostonlarining qiyosiy o‘rganilishi ham fikrimiz dalilidir.
Ma’lumki, asar yaratilishida syujet, kompozitsiya, shakl, mazmun muhim o‘rin 
egallaydi. Asarda ularni bir-biridan ayro qo‘llab bo‘lmaydi. Ularning har biri o‘zining 
vazifasiga ega.
Xalq dostonlarida ularning o‘rni qay darajada bo‘lishi, qanday vazifani bajarishi 
ham alohida tadqiq etiladigan mavzudir. Ushbu dissertatsiyada syujet unsurlari: tugun, 
kulminatsiya, konfliktning Xorazm dostonchilik an’anasida tutgan o‘rni, qanday 
shaklda, dostonning qaysi qismida ifodalanishi misollar asosida berilgan.
Muallif fikriga ko‘ra bu dostonlarning aksariyat qismida ham boshqa 
dostonchilik an’analari kabi safarga chiqish holatlari asosiy o‘rinni ifodalaydi. 
Chunki dostondagi asosiy voqealar hamisha ana shu safar voqealaridan keyin 
boshlanishi ma’lum. Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, “Alpomish” dostonida 
Boybo‘rining qalmoq eliga ko‘chishi, Kuntug‘mishning Zangar yurtiga Xolbekani 
izlab borishi, Ravshanning Zulxumor ishqida Shirvonga yo‘l olishi yoki 
“Rustamxon” dostonidagi Sultonxonning 14 yilga Qurudim mamlakatiga safarga 
ketish epizodlari mavjud. Va ayni shu holat dostonning asosiy voqealari 
boshlanishiga turtki bo‘ladi. Ammo bu epizodlarni asar tuguni sifatida baholab 
bo‘lmaydi. Shu sababdan ham V. V. Kojinov “Syujetning asl harakatga keltiruvchi 
kuchi mutlaqo tugun emas”
2
, deb ta’kidlaydi. Tugun asarning qaysi qismida: boshida, 
o‘rtasida yoki oxirida kelishi ijodkorga bog‘liqdir. Shu o‘rinda tugun atamasiga izoh 
berib o‘tishni lozim deb bildik. Tugun – epik va dramatik asarlardagi voqeaband 
syujetning muhim unsuri, voqealarning boshlanishiga turtki bo‘lgan voqea, asar 
konflikti qo‘yilgan joy
3
. Ta’rifga e’tibor bersak, asarda asosiy harakatlar tizimi 
boshlanishi uchun tugun muhim nuqtadir. Shu bilan birga u asar konfliktiga ham 
bog‘liq holda izohlanyapti. Ammo bu holat xalq dostonlariga biroz to‘g‘ri kelmaydi. 
1
А. Ишаев. Шоҳсанамнинг ватани қаер? “Фан ва турмуш”, 1971 йил, 2 сон, Б – 26. 
2
В.В.Кожинов. Сюжет, фабула, композиция, в кн. Теория литературн, М., 1964, стр. 463. 
3
Д. Қуронов, З. Мамажонов, М. Шералиева. Адабиётшунослик луғати. Тошкент: Akademnashr. 2010. Б – 335 



Download 485.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling