Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi


Oriental Renaissance: Innovative


Download 485.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana25.01.2023
Hajmi485.56 Kb.
#1122414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
812 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
bo‘lgan ichki kechinmalari, ularning psixologik holatlari yoxud portretlari 
tasvirlanadi”
11
. “Samarqand dostonlarida she’riy parchalarning asosiy qismi dostonda 
ifodalanayotgan voqea rivojini aks ettirish protsessida belgilanadi. Ular asosan epik 
xarakterga ega bo‘lib, ularda asar syujetining dramatik o‘rinlari, shuningdek, 
qahramon olib borayotgan jang kartinalari kabi aktiv harakat ko‘rinishlari 
ifodalanadi”
12
.
O‘tmishdan ma’lumki, insoniyat hayoti hamisha bosqichma-bosqich tarzda 
taraqqiy etib kelgan. Bu jarayon insonlarning turmush tarziga, ongiga, fikrlashiga, 
dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, bir so‘z bilan aytganda ham moddiy, ham 
ma’naviy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Shu sababdan xalq dostonchiligida, xususan, 
Xorazm dostonchiligida ham ma’lum o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Bu haqida 
filologiya fanlari doktori, professor M.Saidov o‘z tadqiqot ishida shunday deydi: 
“Xorazmda, ayniqsa, XIX asrda madaniyatning rivojlanishi xalq og‘zaki ijodida ham 
ma’lum o‘zgarishlarning vujudga kelishiga olib keldi. Hofizlikning, musiqa 
san’atining rivojlanishi Xorazm dostonlarining ijro etish usuliga, umuman 
dostonlarning syujet va kompozitsiyasiga, shu jumladan, she’riy parchalarning 
xarakteriga ta’sir ko‘rsatgan”
13
.
Har bir ijodkor, har bir xalq o‘ziga xos ijodiy prinsipga ega bo‘ladi. 
Folklorshunoslik sohasiga oid asarlar turli davrlarda, turli ijtimoiy jarayonlarda, turli 
holatlar va davralarda vujudga kelgan. Shu sababdan ularni o‘rganishda bitta 
yo‘nalish yoki usuldan foydalanish mantiqan to‘g‘ri emas. Asarlar yaratilgan jamiyat, 
tuzum, boshqaruv ularda hayotga yondashishning turlicha ko‘rinishda bo‘lganligini 
ifodalaydi. “Shubhasiz Mitra haqidagi mifdan tortib, Gagarin haqidagi qo‘shiqlarning 
yaratilishigacha xalq og‘zaki ijodi juda ko‘p taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. 
Ana shu taraqqiyot bosqichlarining har birida yaratilgan xalq durdonalarida hayotga 
bo‘lgan munosabat, voqelikni tasvirlash usullari turlicha bo‘lgan”
14
. Xalq og‘zaki 
ijodi namunalari yillar o‘tishi bilan og‘izdan-og‘izga o‘tib, ba’zan qo‘shimchalar 
qo‘shilishi, ba’zan esa ayrim qismlarning olib tashlanishi kabi o‘zgarishlar bilan yetib 
kelgan. Shu tarzda jamiyatda, insoniyat ongida bo‘layotgan o‘zgarishlar asarga 
singdirib yuborilgan. Natijada asarlarda hayotiylik ancha chuqur o‘rin egallagan.
Umuman olganda hayotiylik (realizm) barcha asarlarga, jumladan, xalq og‘zaki 
ijodi mahsuli bo‘lgan dostonlarga ham xosdir. Faqtagina asarda qay darajada o‘rin 
egallagan yoki egallamaganligi bilan farqlanib turadi.
11
Ўша диссертация. Б –37 
12
Ўша диссертация. Б –39 
13
Ўша диссертация. Б – 47 
14
Ўша диссертация. Б – 55 



Download 485.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling