Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi


Oriental Renaissance: Innovative


Download 485.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana25.01.2023
Hajmi485.56 Kb.
#1122414
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
815 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
umuman, tinglovchi yoki kitobxon uchun yoqimsiz taassurot qoldiruvchi jami 
qusurlar bilan tasvirlanadi. Ana shu ta’rif va tavsiflar orqali o‘quvchi qahramonlarni 
kashf etib boraveradi. Shuningdek, qahramonlar portreti butun asar davomida 
bosqichma-bosqich, 
mukammmal 
yoritib 
boriladi. 
Asarning 
bir 
qismida 
qahramonning tashqi qiyofasi, yana bir o‘rnida uning xatti-harakatlari, yana bir 
o‘rnida uning ijobiy xislatlari yoki salbiy illatlari va hokazo tarzda keltirib boriladi. 
“Xalq eposidagi qahramon portretining mukammal ifodasini asarning butun teksti 
davomidagina ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin. Qahramonning portreti haqida 
tasavvur qilish uchun dostonning bir o‘rindagi tasvir hech qachon qoniqarli 
bo‘lmaydi. Asarda qahramonlarning portretlari haqida aksari bir o‘rinda ko‘proq 
to‘xtab o‘tiladi va tinglovchida qahramon haqida tasavvur hosil qilishga uriniladi. 
Qolgan parchalarda esa qahramon portretidagi detallar alohida-alohida olingan holda 
to‘ldiriladi, bo‘yoqlar quyuqlashtiriladi”
18
. Qahramonlarning portretini yanada 
yaqqolroq tasvirlash uchun xalq dostonlarida qahramonlar ruhiyati, ulardagi ichki 
psixologizm va nutqiy xarakteristika ham muhim rol o‘ynaydi. Xalq dostonlarining 
barchasida qahramonning psixologik holati doimo she’riy usulda ifodalanadi. 
Psixologik holat ziddiyatlarning kuchayib borishi bilan rivojlanib boraveradi. 
Qahramon o‘z boshidan qancha ko‘p qiyinchiliklarni o‘tkazsa, uning ruhiyatidagi 
o‘zgarish ham shunchalik kuchayib boradi. Shu bilan birga, qahramonlarning nutqiy 
xarakteri ham obrazni mukammal tasvirlashda asosiy vazifani bajaradi. Asar bosh 
qahramonlari nutqida o‘ziga ishonch, qat’iyat aks etadi. Bu asosan qahramonlik 
dostonlariga tegishli holatdir. Qahramonlarning nutqi ham she’riy parchalar orqali 
dialog yoki monolog ko‘rinishida beriladi.
Ma’lumki, har qanday asar, u xoh nazmda, xoh nasrda yozilgan bo‘lsin, xoh 
yozma adabiyotga, xoh og‘zaki adabiyotga mansub bo‘lsin, barcha-barchasida o‘ziga 
xos badiiy uslub, badiiy tasvir vositalari mavjud bo‘ladi. Shu sababdan 
dissertatsiyaning uchinchi bobi, birinchi faslida Xorazm dostonlarining badiiy uslub, 
badiiy tasvir vositalari, xususan, o‘xshatish, mubolag‘a, sifatlash, metafora, sa’j, 
jonlantirish, tajnis, tajohil orifona kabi vositalar, ularning dostondagi vazifasi va o‘rni 
haqida so‘z yuritilgan.
Badiiy tasvir vositalari asarning asar sifatida shakllanishida chuqur ahamiyat 
kasb etadi. Tasvir vositalari asarda bo‘layotgan voqealar, jarayonlar, undagi 
qahramonlar haqida o‘quvchi yoki tinglovchida kengroq tasavvur hosil qilishiga 
imkon beradi. Asar qahramonlari hamisha ijobiy yoki salbiyligiga qarab hayotdagi 
turli predmetlar bilan taqqoslanadi. Yigitlar mardligi haqida gapirilganda yo‘lbarsdek 
18
Ўша диссертация. Б – 81. 



Download 485.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling