Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi


Oriental Renaissance: Innovative


Download 485.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana25.01.2023
Hajmi485.56 Kb.
#1122414
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
813 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
Xalq dostonlarida ham realizmning o‘rni turlicha bo‘ladi. Masalan, Samarqand 
dostonchilik an’anasida hayotiylikdan ko‘ra ko‘proq mubolag‘ali holatlar mavjud. 
Boychiborning qanotli ot ekanligi, Barchin yelkalarining har biri o‘n besh qarich 
ekanligi, Alpomishning o‘tda yonmasligi-yu, tig‘ o‘tmasligi yoki “Ravshan” 
dostonidagi aka-uka kallarning holatlari, “Rustamxon” dostonida Rustamning 
na’rasidan ajdarning qulog‘i bitib yiqilishi hamda Rustamdan yengilishi, shu kabilar 
mubolag‘ali vaziyatlar hisoblanadi va ular Samarqand dostonchiligi uchun odatiy 
holdir. Ammo Xorazm dostonchiligida bu kabi mubolag‘alardan holi o‘laroq 
hayotiylik kuchli o‘rin egallagan. “Ma’lumki, Samarqand dostonlarida Go‘ro‘g‘li, 
Hasanxon, Avazxonlar haqida gap borar ekan ularning nihoyatda katta gavda 
tuzilishlari tinglovchining ham, kuylovchining ham ko‘z oldida hamisha namoyon 
bo‘ladi. Xorazm dostonlarida esa Go‘ro‘g‘li, Bozirgon, Avazxonlar faqat o‘rni 
kelgandagina Samarqand dostonlaridagidek tasvirlansalarda, asosan ular haqida 
tasavvur oddiy insondan yuqori bo‘lmaydi. Chunonchi, “Bozirgon” dostonidagi 
Bozirgonning portreti, Go‘ro‘g‘lining o‘ttiz qo‘y terisidan qilingan po‘stinni kiyib 
jangga otlanishlari, bir o‘zining juda ko‘p sonli askarlarga qarshi kurashishlari (Qirq 
ming) fikrimizning dalilidir. Ammo Go‘ro‘g‘lida Samarqand dostonlaridagi kabi 
“favqulodda” kuchni uchratmaymiz. Yuqoridagi mubolag‘alar shartli xarakterga ega 
bo‘lib, aksari voqea rivojida esga olinmaydi. Aksincha, jang epizodlarida ham 
Go‘ro‘g‘li jismoniy jihatdan baquvvat, oddiy odamni eslatadi. Aksari Go‘ro‘g‘lining 
ichki psixologik holatini tasvirlashga o‘rin beriladi”
15
. Shu sababdan ham Xorazm 
dostonchiligida psixologizm kuchliroq. Go‘ro‘g‘lining boshqalardan farq 
qilmaydigan oddiy inson qilib tasvirlanishi, qilayotgan xatti-harakatlari uni ijobiy 
qahramon sifatidagi qirralarini ochib berishda yordam beradi.
Badiiy asarlarda, shu bilan birga xalq dostonlarida ham ijobiy qahramonlar 
aksari bosh rollarda ifodalanadi. Ularning ijobiy qahramon sifatidagi jihatlari 
adolatlilik, mardlik, oqko‘ngillik, rostgo‘ylik, rahmdillik, matonatlilik, kamtarlik kabi 
xislatlar orqali ochib beriladi. Ular hamisha insonlarga yaxshilik ulashib, ezgulikni 
tarannum etib, uni himoya qilishga oshiqadilar. Bu yo‘lda turli sinovlar-u 
mashaqqatlarga duch kelsa-da matonat va sabr-bardosh bilan barchasini yengib 
o‘tishga qodir bo‘ladi. Ammo doston mavzu yo‘nalishiga ko‘ra obrazlar ham turli 
xilda bo‘ladi. Shu sababdan dissertatsiyaning ikkinchi bob, ikkinchi faslida Xorazm 
dostonlarida ijobiy qahramon tahlili va obraz yaratish usullari haqida fikr yuritilgan.
Qahramonlik dostonlarida doston voqealari xalq kuylayotgan qahramon atrofida 
yuz bersa, romanik dostonlarda oshiq va ma’shuqa atrofida ro‘y beradi. Qahramonlik 
15
Ўша диссертация. Б – 67 



Download 485.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling