Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi


Oriental Renaissance: Innovative


Download 485.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana25.01.2023
Hajmi485.56 Kb.
#1122414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
811 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
qo‘yiladi”
9
. Shu sababdan tinglovchi yoki kitobxonda Sayyodga nisbatan ijobiy fikr 
paydo bo‘ladi.
Asar kompozitsiyasi ham asar yaratilishida syujet singari muhim vazifa bajaradi.
Xorazm dostonlari kompozitsion qurilish jihatdan ham Samarqand dostonlaridan farq 
qiladi. Bu hudud dostonchiligida ijro etiladigan dostonlar matniga Samarqand ijro 
an’analaridan farqli o‘laroq qo‘shimcha qo‘shib yoki ayrim bo‘laklarni tushirib 
qoldirib bo‘lmaydi.
Ushbu dostonlarning kompozitsion qurilishi haqida shunday deyiladi. “Xorazm 
dostonlarining hajm jihatdan torligi baxshining zimmasiga bir necha mas’uliyatlarni 
yuklaydi. Jumladan, baxshi o‘z ixtiyori bilan dostonlarga yangi epizodlar qo‘sha 
olmaydi. Dostonni hajm jihatdan keng yoki tor qilish baxshining ixtiyorida bo‘lmaydi. 
Demak, Xorazm dostonlarining ijrosi xalq ijodidagi improvizatsiyadan holi. Xorazm 
baxshisi dostonning qaysi qismini qanday kuyda ijro etilishiga ko‘proq e’tibor beradi. 
Baxshi dostonning har bir she’riy parchasini alohida kuy bilan aytadi. Natijada bir 
dostonning ijro etilishi ma’lum jihatdan bir necha o‘nlab qo‘shiqlarni bir syujet 
asosiga birlashtirgan konsert programmasini eslatadi. Xorazm dostonlaridan hajm 
jihatdan eng kichigini ijro etish uchun kamida o‘ttiz-qirq kuyni ijro eta bilish kerak”
10
.
Bizga ma’lumki, xalq dostonlarining janr xususiyatlaridan biri ularda she’r va 
nasrning aralash kelishidir. Ertaklar, afsona va rivoyatlar asosan nasriy usulda berilsa, 
qo‘shiqlar she’riy usulda ifoda etiladi. Xalq dostonlarida esa har ikkalasi ham, ya’ni 
proza ham, poeziya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning bir-birisiz dostonni 
mukammal holda tasavvur qilish mutlaqo mumkin emas. Ammo shu muhim 
nuqtaning dostonlarda tutgan o‘rni an’analarga ko‘ra ham farq qilishi mazkur 
tadqiqot ishida o‘z asosini topgan. Muallif Samarqand dostonlarida poeziya va 
prozaning teng ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan holda, Xorazm dostonlarida 
prozaik qismlar faqatgina she’riy parchalarni o‘zaro birlashtirish vazifasini bajarishi 
haqida aytib o‘tadi hamda shu masala yuzasidan ma’lum izlanishlar olib borgan V.M. 
Jirmunskiy va H.T.Zarifovlarning: “Dostonning asosini she’r tashkil qiladi, proza esa 
qisqa bog‘lovchi qo‘shimchadir”, – degan fikrlarini keltirib o‘tadi. Xorazm 
dostonlarida prozaik bo‘laklar qisqa bo‘lganidek, she’riy parchalar Samarqand 
dostonchiligidagidek uzundan-uzun misralarda emas, aksincha, qisqa-qisqa 
ko‘rinishlarda ifodalanadi. Bundan tashqari aynan dostondagi lirik parchalar ham 
turli vazifalarni ifodalaydi: “Xorazm dostonlarida she’riy parchalar asosan lirik 
xarakterga ega bo‘lib, ularda qahramonlarning asar voqealari munosabati bilan paydo 
9
Ўша диссертация. Б –27 
10
Ўша диссертация. Б –35. 



Download 485.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling