Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 485.56 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 818 w www.oriens.uz September 2021 anglash uchun ijodkor ham, o‘quvchi ham chuqur bilim, yuqori darajadagi so‘z boyligiga ega bo‘lishi lozim. Ana shunda bu san’at turi o‘zining bir-birdan go‘zal bo‘lgan ma’nolar olamini ochadi. Umuman olganda, tajnisning yuqoridagi kabi namunalari boshqa tasvir vositalari singari dostonning mukammalligini, badiiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi. Ma’lumki, she’riy misralarni shakllantirishda qofiya, vazn, turoqning o‘rni va vazifasi o‘ta muhim hisoblanadi. Shu sababdan tadqiqot jarayonida olim Xorazm dostonlarida vazn va qofiya masalasida to‘xtaladi. Biz ushbu faslning boshlanish qismida dostonlar xususida so‘z yuritib, ularda she’r va nasrning aralash holda kelishini dostonning janr xususiyatlaridan biri sifatida aytib o‘tgan edik. Samarqand dostonlarida she’r va nasrning o‘rni teng bo‘lgani holda, Xorazm dostonchilik an’anasida poeziyaning o‘rni kengroq ekani ham ta’kidlab o‘tilgan edi. Shu sababdan ham dissertatsiyada dostonlarda asosiy rol egallovchi she’riy parchalardagi vazn va qofiya haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan. Xorazm dostonlarida she’riy parchalar qisqa-qisqa holda kelishi, har birining alohida kuy bilan ijro etilishi, she’rlarning aksar qismi aruz vazniga mos holatda yozilishi odatiy holat. Shunday bo‘lsa-da, dostonda uchraydigan she’rlar, asosan, 8 va 11 bo‘g‘inli shaklda uchrashi va ular aksar hollarda murabba’ ko‘rinishida kelishi ta’kidlangan. Samarqand dostonlarida esa she’riy misralarning qofiyalanishi turlicha bo‘lib, aynan bir qoidaga mos kelmagani, ba’zan murabba’, ba’zan muxammas, yana bir o‘rinda musaddas shakliga ega bo‘lishi aytib o‘tiladi. Shuningdek, qofiyalanishda ham Xorazm dostonlaridagi she’riy parchalar Samarqand dostonlaridan farq qiladi. “Samarqand dostonlarida she’riy parchalarning qofiyalanishi turlicha bo‘lib, (aa, ба, га, да); (аа, ба, ава); (ааа, ббб, ввв) va h.k” 25 . XULOSA Endi Xorazm dostonlaridagi qofiyalanish tizimiga e’tibor qaratamiz. Xorazm dostonlarida qofiyalanish tizimi “абаб”, “вввб”, “гггб” tarzida ma’lum tartib asosida bo‘ladi. Ushbu dostonchilikni mukammal o‘rgangan olim “Bunday qofiyalanishni Xorazm dostonlaridagi yetakchi forma deyish mumkin” 26 , - deya izohlaydi. O‘zbek folklorshunosligida Xorazm dostonchilik an’anasi qisman o‘rganilib ma’lum bir izlanishlargina olib borilganini maqolamizning boshlang‘ich sahifalarida ta’kidlab o‘tgan edik. Omonilla Madayev ana shu tadqiqotni mukammal darajada davom ettirdi. Ustozning izlanishlari natijasi sifatida Xorazm dostonchilik an’anasi, 25 Ўша диссертация. Б –142-143. 26 Ўша диссертация. Б –143. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling