Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 485.56 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 817 w www.oriens.uz September 2021 dostonlarida bu tasvir vositasining mukammal ko‘rinishlari borligini ta’kidlab, Xorazm dostonlarida bu holatning juda keng uchramasligini, bu hududdagi dostonlarda she’riy o‘rinlar prozaga nisbatan yaxshiroq o‘rin egallaganligi aytib o‘tilgan. Dostonlarda uchraydigan badiiy tasvir vositalaridan yana biri jonlantirish hisoblanadi. She’riy san’atlar orasida ham mavjud bo‘lgan ushbu tur intoq san’ati deb yuritiladi. Bu tasvir vositasi orqali jonsiz narsalar, so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lmagan jonzotlar tilga kiradi. G‘aribning shamolga o‘z holini bayon qilib, dil tug‘yonlarini aytishi, doston yakunida ro‘molga murojaat qilib alamli firoqning yana qaytarilmasligini so‘rab iltijo qilishi, “Sayyod va Hamro” dostonida Hamroning otasi Ahmadning turnalarga o‘zini tutqunlikdan xalos bo‘lishi uchun yordam berishini so‘rashi orqali jonlantirish vositasi yuzaga kelgan. “Umuman Xorazm dostonlarida qo‘llanilgan jonlantirish priyomi ichki psixologik o‘rinlarning chuqurroq ifoda etishida qulay bo‘lib hisoblanadi va lirik kechinmalarni to‘la aks ettrishda yordam beradi” 22 . So‘z san’atlari orasida shunday bir turi borki, u o‘zining biroz mukammalligi, muallifdan chuqurroq so‘z boyligiga ega bo‘lishini talab qilishi, satrlar ichida so‘z o‘yinini keltirib chiqarishi bilan ajralib turadi. Mumtoz adabiyotda tuyuq janriga asos bo‘lgan va keng qo‘llangan ushbu tasvir vositasining xalq og‘zaki ijodi, xususan, dostonchiligida tutgan o‘rni qanday? Omonilla Madayev Xorazm dostonlarini tadqiq etish, o‘rganish jarayonida bu san’at turining dostonchilikda tutgan o‘rniga ham e’tibor qaratgan hamda bir qator asosli fikrlarni keltirib o‘tgan: “Xalq og‘zaki badiiy ijodida tajnis ko‘p qo‘llanilmasa ham ayrim hollarda uchrab turadi. Bu hol Samarqand dostonlariga ham, Xorazm dostonlariga ham mansub bo‘lib hisoblanadi” 23 . Mana shunday o‘rganishlar davomida dostonlarda uchraydigan tajnisga oid namunalardan misollar ham keltirib o‘tilgan: “Men sevmisham parilarning birisin, Biri “lom”dir, biri “jim”dir, bir “sin”, Biri ovdir, biri ovchi, biri “sin” Bir ov qonli kerak yor olmasina. Qofiyalanib kelgan “birisin” so‘zi birinchi misrada birini, ya’ni “bittasini”, ikkinchi misrada arab alifbosidagi “sin” harfini, uchinchi misrada esa tuzoq ma’nosini ifodalamoqda” 24 . Misralardagi tajnisga oid bo‘lgan so‘zlar ma’nosini 22 Ўша диссертация. Б –135. 23 Ўша диссертация. Б – 135. 24 Ўша диссертация. Б – 136. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling