Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
2022-11-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- 1-ilova № Psixologik savollar (hukm) A B V
III-tip – “Pragmatik tip”ga 11 nafar sinaluvchilar ta’luqli ekanligi aniqlandi. Individ guruhni
u yoki bu shaxsiy maqsadlarga erishish vositasi sifatida idrok etadi. Bunda guruh individ uchun qanchalik foydaligiga bog`liq ravishda idrok etiladi va baholanadi. Individ guruhning mutasaddi, muayyan masalalar bo‘yicha zarur axborotni va yordamni bera oladigan vakillarini ma’qul ko‘radi. Bu guruhga tegishli sinaluvchilar psixokorreksiyaga muhtojlar hisoblanadi. Xulosa: Shunday qilib, tadqiqotimiz davomida jami 49 nafar sinaluvchilarda guruhni ijobiy idrok qilish shu guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni anglash, jamoani jipslashtirishga, ahillikka o‘rgatuvchi mashqlardan iborat psixologik trening dasturlarini amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Olib borilgan so‘rovnomalar natijasida maktab davrida o‘smir bolalar o‘rtasida psixologik kuzatishlarning turli ko‘rinishlari kelib chiqdi. Bu esa yoshga xos xususiyatlar ekanligi oydinlashdi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Davletshin M.G. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya // o‘quv metodik qo‘llanma. – Toshkent, 2004. – B. 124. 2. Nishonova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi pedagogik sixologiya // o‘quv darslik. – Toshkent, 2018. – B. 322. 3. Shtern V. Дифференциальная психология и ее методические основы // Учебное пособие. – Москва, 2001. – 80 с. 4. Выготский Л.С. Психология развития ребенка // Сборник. – Москва, 2004. – С. 311. 5. Umarov B.M. Psixologiya // o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2012. – C. 238. 1-ilova № Psixologik savollar (hukm) A B V 1 Guruhda menga eng yaxshi sherik bo‘lishi mumkin. Mendan ko‘ra ko‘proq narsani bilgan odam. Barcha masalalarni hamkorlikda yechishga intiladigan odam. O‘qituvchining diqqatini bo‘lmaydigan odam. 2 Eng yaxshi o‘qituvchi bu… Individual yondashadigan o‘qituvchi. Boshqalarning yordam berishi uchun sharoit yaratib beruvchi o‘qituvchi Jamoada har kimga erkin fikr bildirig uchun imkoniyat beruvchi o‘qituvchi. 3 Men hursand bo‘laman, agar mening do‘stlarim Mendan ko‘ra ko‘proq narsalarni bilsalar va menga yordam bera olsalar. Boshqalarga halaqit bermay mustaqil ravishda muvaffaqiyat qozona olsalar. Zarurat tug‘ilganda boshqalarga yordam bersalar. 4 Menga juda yoqadi, agar… Guruhda hech kimga yordam kerak bo‘lmasa, Vazifalarni bajarishga hech kim halaqit bermasa. Boshqalar mendan ko‘ra yomonroq tayyorlangan bo‘lsa. 5 Menimcha, qo‘limdan ko‘p narsa keladi, qachonki… Boshqalar qo‘llab – quvvatlaganda va menga yordam berganda. Harakatlarim yetarlicha rag‘batlantirilganda. Hamma uchun foydali bo‘lgan tashabbusni ilgari so‘rish imkoni bo‘lganda. 6 Menga shunday jamoalar yoqadiki… U yerda har bir inson barchaning muvaffaqiyatidan manfaatdor bo‘ladi. U yerda har kim o‘z ishi bilan bilib – bilib shug‘ullanadi va bir – biriga halaqit bermaydi. U yerda har bir inson o‘z vazifasini bajarishda boshqalarga suyanadi. 7 O’quvchilar fikricha eng yomon o‘qituvchi bu… O’quvchilar o‘rtasida raqobat muhitini hosil qiluvchi o‘qituvchi. O’quvchilarga yetarlicha e’tibor bermaydigan o‘qituvchi. Guruh bilan hamkorlikda ishlamaydigan o‘qituvchi. 8 Insonga qoniqish baxsh etadi… Hech kim xalaqit bermaydigan sharoitda ishlash. Boshqalardan yangi axborotni olish Boshqalarga foyda keltirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling