Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –11/3-2022
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
2022-11-3
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –11/3-2022__________
123 fikricha o‘smir shaxsining shakllanishiga ikki xil, ya’ni ijtimoiy va biologik omillarning tarbiyaviy ta’siri mavjud ekanligini ta’kidlash joiz. Ijtimoiy omillarga: umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘tish va bu bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv faoliyatidagi o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan muloqatdagi o‘zgarishlardir. O‘smir o‘quvchilarni ta’lim va tarbiya berish jarayonlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba’zan etarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. O‘smirlik balog`atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik, biologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bu o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishini shu yoshdagi yigit- qizlarda oladigan bo‘lsak, bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g`il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon ilik suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi. Fiziologik o‘zgarish jinsiy etilishning boshlanishi va bu bilan bog`liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organism tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanida zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishida ta’lim va tarbiya bilan rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro munosabat muammosi keng doirada muhokama mavzusiga aylanmoqda. Rivojlanish deganda, odatda hodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir: 1) miyaning biologik, organik etilishi, uning anatomik- fiziologik tuzilishi jihatidan etilishi; 2) psixik (aqliy) rivojlanishning ma’lum o‘sish darajalari sifatidagi, o‘ziga xos aqliy etilish sifatidagi psixik rivojlanishi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, aqliy rivojlanish miya tuzilishining biologik yechimi bilan bog‘liqdir va bu xususiyat ta’lim-tarbiya ishlarida albatta hisobga olinishi lozim, chunki ta’lim miyaning organik jihatdan etilishini inkor eta olmaydi. Biroq, miya tuzilishining organik jihatdan etilishini muhitga, ta’lim-tarbiyaga mutlaqo bog`lanmagan holda o‘zining qat’iy biologik qonunlari asosida sodir bo‘ladi, deb bo‘lmaydi. Muhit, ta’lim tarbiya va tegishli mashq, miya tuzilishining organik jihatdan etilishiga yordam beradi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling