Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими


Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/248
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1721215
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   248
Bog'liq
2022-11-3

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi: Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, 
asosan, 12-13 yoshli davrlaridan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» [1] ayni 
shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O‘smirlik bolalikdan kattalikka o‘tish davri 
bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda 
bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, 
yangiliklarga intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. 
Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan 
bog`liqdir [2]. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. 
Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon 
bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy 
balog`atga etish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo‘lishi) amalga 
oshadi. Ko‘krak qafasi ham gavdaning bo‘y o‘sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida 
ayrim o‘smirlarning elkasi, ko‘kragi tor bo‘lib qoladi, bu esa o‘z navbatida kislorod etishmasligiga, 
nafas qisishiga olib keladi. Kislorod etishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur etadi. Bu davrda 
yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, 
vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirlarda ba’zan qon bosimining 
ortishi ro‘y beradi. 
Bu borada nemis psixologi V. Shtern “…ta’lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga 
moslashadi”, degan fikrni olg‘a surgan edi [3]. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixologi L.S. Vigotskiy 
“…bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning etakchilik roli bor”, degan qoidani birinchi 
bo‘lib ilgari surdi va uni ta’lim rivojlanishdan oldinda boradi va rivojlanishni o‘z orqasidan 
ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab beradi. Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq 
ta’lim faqat rivojlanish tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi. Shuning uchun aqliy jihatdan 
etilish jarayoniga aralashmaslik, unga xalaqit bermaslik, balki ta’lim uchun imkoniyat etilguncha 
chidam bilan kutib turish kerak [3]. Shaxslararo munosabatlarning tarkibiy qismlaridan biri 
odamlarning bir-birini idrok etishi va tushunishidan iborat. Insonning inson tomonidan idrok qilinishi 
jarayoniga bir qancha omillar ijtimoiy o‘rnatmalar, shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling