UDK: 159.923.2
O‘SMIRLARDA SINFNI IDROK ETISH JARAYONI: OILAVIY MUHIT VA TA’LIM
TARBIYANING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
A.Q. Jo‘rayev, o‘qituvchi, Termiz davlat universiteti, Termiz
Z.I. Abdullayeva, o‘qituvchi, Termiz davlat universiteti, Termiz
Annotatsiya. O‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘z-o‘zini hamda ijtimoiy muxitni
idrok etishda, o‘smirning sinfni idrok ertishda ta’lim va tarbiya, hamda oilaviy muxitning ro‘li
haqida.
Kalit so‘z: O‘smirlik davri, o‘z-o‘zini idrok etish, ijtimoiy muxitning o‘rni, ta’lim-tarbiya
jarayoni, oilaviy muxit.
Аннотация. Об особенностях подросткового возраста, роли обучения и воспитания,
семейной среды в восприятии себя и социальной среды, в восприятии подростком класса.
Ключевые слова: Подростковый возраст, самовосприятие, роль социальной среды,
воспитательный процесс, семейная среда.
Abstract. About the characteristics of adolescence, the role of education and upbringing, and
the family environment in the perception of self and social environment, in the perception of the class
of a teenager.
Key words: Adolescence, self-perception, role of social environment, educational process,
family environment.
Kirish. Bu yosh davr bolalarning xulq-atvorida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan
xarakterlanadi. Buni esa har bir bolani tashqi tomondan kuzatish orqali osongina bilib olish mumkin.
O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar
o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda
jinsiy etilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Psixologlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |