Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi


-DARS. BOG‘LOVCHISIZ QO‘SHMA GAPLAR. MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR


Download 199.5 Kb.
bet14/25
Sana17.01.2023
Hajmi199.5 Kb.
#1097623
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
9-sinf ona tili

4-DARS. BOG‘LOVCHISIZ QO‘SHMA GAPLAR. MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR.
(62-78-betlar)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap haqida ma’lumot

1. Qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan voqea-hodisani ifodalasa ular orasida qanday tinish belgisi ishlatiladi?


A) tire B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) vergul
2. Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz.
Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak?
A) ikki nuqta B) nuqtali vergul C) tire D) vergul
3. G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta.
Berilgan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) ikki nuqta B) tire C) nuqtali vergul D) vergul
4. Qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalansa, ular orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) ikki nuqta C) tire D) nuqtali vergul
Qo‘shma gap turlarining ma’nodoshligi
1. 1) Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. 2) Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi. 3) Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi.
Ushbu gaplar o‘zaro qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanadi?
A) grammatik asoslarining miqdoriga ko‘ra B) ma’nosiga ko‘ra
C) qismlarining bog‘lanishiga ko‘ra D) A, B, C
2. Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari qo‘shma gapning qaysi turida ifodalanishi mumkin?
A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz, bog’langan qo‘shma gap
C) bog‘lovchisiz, ergash gapli qo‘shma gap D) ergash gapli, bog’langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gap
3. Yurt tinch – sen tinch.
Ushbu bog‘lovchisiz qo‘shma gapni qaysi vosita orqali ergash gapli qo‘shma gapga aylantirish mumkin?
A) sabab bog‘lovchisi orqali B) ko‘makchili qurilma orqali
C) ko’rsatish olmoshi orqali D) deb so’zi orqali
Mustahkamlash
1. Qaysi qatordagi bog‘lovchisiz qo‘shma gapni sabab bog‘lovchilari (chunki, negaki) orqali ergash gapli qo‘shma gapga aylantirish mumkin?
A) Qor yog’di – don yog’di.B) Kuz keldi, yig‘im-terim ishlari boshlandi.
C) Har kimga ozor bera ko‘rma, dunyo barchaga barobardir.
D) Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni kesib yondirgin.
2. Bolalik inson hayotining shunday poydevoridirki, umr binosining keyingi bo‘y-basti, salobati unga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu gap turini aniqlang.
A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap B) ergash gapli qo‘shma gap
C) bog‘langan qo‘shma gap D) murakkab qo‘shma gap

Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling