Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi


Gap bo‘laklari bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash


Download 199.5 Kb.
bet2/25
Sana17.01.2023
Hajmi199.5 Kb.
#1097623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
9-sinf ona tili

Gap bo‘laklari bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash
1. Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l, Odamlar aybini ko‘rma, o‘z aybingni ko‘r. Ushbu gapda ifodalangan egani ko‘rsating.
A) odamlar B) ega ifodalanmagan C) odamlarsiz D) aybini
2. Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l, Odamlar aybini ko‘rma, o‘z aybingni ko‘r. Berilgan gapda aniqlovchining qaysi turi qo‘llangan?
A) 2 ta qaratqich aniqlovchi B) 1 ta sifatlovchi aniqlovchi, 3 ta qaratqich aniqlovchi
C) 1 ta sifatlovchi aniqlovchi, 2 ta qaratqich aniqlovchi D) 3 ta qaratqich aniqlovchi
3. Qaysi gapda ikkita aniqlovchi ketma-ket qo‘llangan?
A) Muloyimlik – rizq sari yetaklovchi kalit. B) Inson go‘zalligining asosi uning chiroyli xulqidir.
C) Bilimsiz kishining ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi D) B, C
4. Murakkab kesim qatnashgan gapni toping.
A) Muruvvat birla jonni nisor et, Hamisha yaxshilikni shior et.
B) Muloyimlik – rizq sari yetaklovchi kalit.
C) Inson go‘zalligining asosi uning chiroyli xulqidir.
D) A, B
Uyushiq va ajratilgan bo‘laklar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash
1. Qaysi gapda tire noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) O‘zbekiston – ona diyor, bag‘ri to‘la hikmatdir.
B) Mehnati halol baholansa, yerning sohibi – dehqonning hech kimdan kami yo‘q.
C) Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak.
D) Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo‘lishini istasa, birlashmog‘i – uyushmog‘i va haqiqat uchun kurashmog‘i kerak.
2. Tire to‘g‘ri qo‘llangan gap berilgan qatorni toping.
A) Nabiram – sayyora shu yerda tarbiyalanyapti.
B) O‘zbekiston – ona diyor, bag‘ri to‘la hikmatdir.
C) Xalqaro savdo yo‘li – Buyuk Ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. D) Barcha javoblar to‘g‘ri.
3. Uyushiq ega qatnashgan gapni ko‘rsating.
A) Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda.
B) Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo‘lishini istasa, birlashmog‘i, uyushmog‘i va haqiqat uchun kurashmog‘i kerak.
C) Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak. D) A, C
4. A) O‘zbekiston – ona diyor, bag‘ri to‘la hikmatdir.
B) Farzandlarimizga til, kasb o‘rgatishning payida bo‘laylik. C) Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda.
D) Navoiy, Bobur, Mashrab singari jahonga mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari boshlab turadi.
Berilgan gaplarning qaysilarida uyushiq ega ishtirok etgan?
A) 1, 2, 3, 4 B) faqat 3 C) 3, 4 D) 2, 3

Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling