Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
Download 199.5 Kb.
|
9-sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-DARS. ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR (davomi Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
- Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplar
Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
1. Quyidagi bog‘lovchilardan qaysilari bosh gap tarkibida keladi? A) chunki, shuning uchun B) shu tufayli, shuning uchun C) negaki, shu sababliD) chunki, negaki 2. Ilm martabasi martabalarning zo‘ridir, .... yoshlikdan ilm olish payida bo‘l. Nuqtalar o‘rniga ergashtiruvchi bog‘lovchilardan mosini qo‘ying. A) negaki B) toki C) basharti D) shu sababli 3. Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat mavjud bo‘ladi? A) maqsad B) sabab C) shart D) qiyoslash 4. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalardan qaysilari bosh gap tarkibida keladi? A) sabab bog‘lovchilari B) shart bog‘lovchilari C) ko‘makchili qurilmalar D) nisbiy so‘zlar 3-DARS. ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR (davomi Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar 1. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gapning kesimi qanday shaklda bo‘ladi? A) III shaxs buyruq mayli shaklida B) II shaxs xabar mayli shaklida C) I shaxs xabar mayli shaklidaD) II shaxs buyruq mayli shaklida 2. Ukalarim bezovta bo‘lmasin deb, To‘ng‘ich botir to‘qayning bir chekkasiga qochdi. Ushbu gapdagi deb so‘zi o‘rnida qaysi ko‘makchini qo‘llash mumkin? A) sababli B) kabi C) uchun D) deb so‘zini boshqa so‘z bilan almashtirib bo‘lmaydi 3. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‘pincha qaysi vosita orqali bog‘lanadi? A) -ki yuklamasi orqali B) chunki, negaki bog‘lovchilari orqali C) toki bog‘lovchisi orqali D) deb so‘zi orqali 4. Qaysi vositalar orqali bog‘langanda ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadi yoki sababini bildiradi? A) ko‘makchili qurilmalar yordamida B) chunki, negaki bog‘lovchilari yordamida C) toki maqsad bog‘lovchisi yordamida D) deb so‘zi yordamida Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplar 1. Bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish shartini bildirgan ergash gap berilgan qatorni toping. A) Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda. B) Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo‘l hosil oldik. C) Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko‘ramiz. D) Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. 2. Qaysi vosita orqali bog‘langan ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning paytini bildirishi mumkin? A) toki bog‘lovchisi orqali B) ko‘makchili qurilmalar orqali C) shart mayli qo‘shimchasi orqali D) deb so‘zi orqali 3. Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplarda qanday mazmun ifodalanishi mumkin? A) shart B) shart, payt C) payt D) shart, payt, istak 4. Ergashgan qo’shma gapning qaysi turlarida ergash gap kesimi shart mayli shaklida bo’lishi mumkin? 1) ega ergash gapli qo‘shma gap; 2) hol ergash gapli qo‘shma gap; 3) kesim ergash gapli qo‘shma gap; 4) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap; 5) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap; A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2 Download 199.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling