Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar
Download 199.5 Kb.
|
9-sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-DARS. KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA GAPLAR. NUTQ USLUBLARI. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap haqida ma’lumot
- Ko‘chirma gapli qo‘shma gapning tuzilishi
Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar
1. Avliyolar alqagan el emish a’lo, So‘zi butun, tizzasi tik, ko‘ksi samo, Muzaffarlik ko‘rib o‘tgan bir avliyo – O‘zingizsiz, Sohibqiron Temur bobo. Ushbu she’riy parchada murakkab qo‘shma gapning qaysi turi qo‘llangan? A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli qo‘shma gap C) aralash murakkab qo‘shma gap D) bir necha ergash gapli qo‘shma gap 2. Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Agar kishi o‘zi hirslaridan ustun tura olsa, u o‘zidagi bor nuqsonlarni yo‘q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi. B) Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi. C) O‘sha yillar…mashoq terar edik, mol boqardik, g‘o‘za jo‘yakka kultivatsiya yurgizardik. D) Kimki umid bilan daraxt o‘tqazsa, bir kun kelib u daraxt shig‘il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog‘diradi. 3. Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gaplar… A) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap B) aralash murakkab qo‘shma gap C) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap deyiladi 5-DARS. KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA GAPLAR. NUTQ USLUBLARI. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap haqida ma’lumot 1. Muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topgan gap… A) bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) murakkab qo‘shma gap D) ko‘chirma gapli qo‘shma gap 2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardagi ko‘chirma gap… A) so‘zlovchining gapi B) mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan gap C) birovning aynan keltirilgan gapi D) tinglovchining gapi Ko‘chirma gapli qo‘shma gapning tuzilishi 1. Muallif gapi ko‘chirma gapning ichida kelgan qatorni aniqlang. A) “Biz tinchlik daraxtini ekdik, uni endi do‘llardan, bo‘ronlardan asrashimiz kerak”, – deydi Muhammad Ali. B) Donolar deydi: “Bolaga mehrni buyruq bilan singdirib bo‘lmaydi”. C) “Millatlarni, elatlarni, – deydi M.Ulug‘ova, – buyuk do‘stlik birlashtiradi”. D) Xalil bobo nevarasiga girgitton bo‘lib: “Hoy, bolam senga nima bo‘ldi? A? Nima qildi, toychog‘im-a”, – der edi. 2. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelgan qatorni aniqlang. A) “Biz yagona daraxtning butoqlaridek bir butun bo‘lgan taqdirdagina kuch qudrat kasb etamiz”, – deydi O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva. B) Abdulla Oripov kelajak haqida shunday deb yozadi: “Ertangi kunimiz bugundan ham go‘zal bo‘ladi”. C) “Intilganga tole yor”, – deydi xalqimiz. D) A va C 3. Muallif gapining kesimi qaysi fe’llar bilan ifodalanadi? A) bordi, aytdi, yozdi, qaytdi B) dedi, so‘zladi, gapirdi, buyurdi C) so‘zladi, hikoya qildi, uyg‘ondi D) keldi, ketdi, ajablandi 4. Ko‘chirma gap muallif gapining orasida kelgan qatorni aniqlang. A) Kampir oyoq ostida o‘sgan o‘tdan yulib, kiyik tomon yura boshladi: “Ma, jonvor, ma!” B) “So‘z san’atining qudrati shundaki, – deydi Asqad Muxtor, – u hayotda aynan bo‘lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi”. C) Xalil bobo nevarasiga girgitton bo‘lib: “Hoy, bolam senga nima bo‘ldi? A? Nima qildi, toychog‘im-a”, – der edi. D) B va C Download 199.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling