Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi


Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi


Download 199.5 Kb.
bet18/25
Sana17.01.2023
Hajmi199.5 Kb.
#1097623
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
9-sinf ona tili

Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi

1. Qanday holatda ko‘chirma gapdan so‘ng qo‘shtirnoq yopilgach, vergul hamda tire qo‘yiladi?


A) ko‘chirma gap muallif gapining ichida kelsa B) ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelsa
C) muallif gapi ko‘chirma gapning oldida kelsa D) A, B
2. Ko‘chirma gap orasida kelgan muallif gapi qanday tinish belgilar bilan ajratiladi?
A) Muallif gapi har ikki tomondan vergul va tire bilan ajatiladi.
B) Muallif gapidan oldin vergul, muallif gapidan keyin vergul va tire qo‘yiladi.
C) Muallif gapidan oldin tire, muallif gapidan keyin vergul va tire qo‘yiladi.
D) Muallif gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi.
3. Qaysi qatordagi ko‘chirma gapli qo‘shma gap tarkibida tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) “Rahmat, ona qizim”, – dedi muharrir mehri tovlanib.
B) Donodan so‘radilar,– “Ey donishmand, kishi uchun eng yaxshi narsa nima?”
C) “Zap yigit ekansiz-da, Tursunalijon. Barakalla, barakalla”, – dedi u.
D) Barcha o‘rinlarda tinish belgilari to‘g‘ri qo‘llangan.
4. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tinish belgisi xato qo‘llangan qatorni aniqlang.
A) Xalqimizda shunday maqol bor: “Qorinni ovqat to‘ydiradi, aqlni esa hikmat”.
B) “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz”, – deydi Alisher Navoiy.
C) “So‘z san’atining qudrati shundaki, – deydi Asqad Muxtor, – u hayotda aynan bo‘lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi”.
D) Amakim bizga uqtirdi: “Bir-biringiz bilan ahil bo‘linglar”!
Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar
1. O‘zlashtirma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) O’z o’rnida aytilmagan so’z hech kim yo’q yerda chalingan kuyga o’xshaydi.
B) “Yaxshi fe’l bilan kishilar ko‘nglini olib, o‘zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha”, – deydi Ahmad Yugnakiy.
C) Bir donishmand nasihatni olmaydigan odamning baxtsiz odam ekanligini ta’kidlagan edi.
D) Robiya bo’lib o’tgan voqeani unga tushuntirib berdi.
2. Qaysi qatorda o‘zlashtirma gap berilmagan?
A) Bobom shirinso‘zlik va muloyimlik har qanday baloni qaytarishga qodirligini aytdi.
B) Hadislarda yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo‘qligi haqida aytib o‘tilgan.
C) Onasi Salimaning qanday o‘qiyotganini so‘radi.
D) Xalqning yetugi saxiy kishidir, saxiylik kishiga sharaf keltiradi.
3. O‘zlashtirma gap…
A) o‘zganing hech o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi B) shakli saqlanib, mazmuni o‘zgartirilgan gap C) birovning aynan keltirilgan gapi
D) mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan gap

Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling