Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
-DARS. NUTQ USLUBLARI (davomi). O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
Download 199.5 Kb.
|
9-sinf ona tili
6-DARS. NUTQ USLUBLARI (davomi). O‘TILGANLARNI TAKRORLASH.
Badiiy uslub 1. Badiiy uslubga xos gap berilgan qatorni aniqlang. A) Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so‘zlardir. B) Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib, ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi. C) Ertaga soat 1500 da maktab jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘ladi. D) Har qanday toza modda olinish usulidan qat’i nazar, o‘zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo‘ladi. 2. Tollarning ko‘m-ko‘k soch popuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Berilgan gap uslubini aniqlang. A) badiiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub3. Badiiy uslubning muhim belgilari keltirilgan qatorni ko‘rsating. A) obrazlilik va estetik ta’sir etish B) muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga egalik C) fikrning aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qilinishi D) soddalik va tushunarlilik 4. Badiiy uslubga xos gap berilgan qatorni aniqlang. A) Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. B) Iymon nuri oqib turar bir gavhar bor qonimizda, Ne-ne buyuk bobolarning bardoshi bor jonimizda. C) Qadamingni o‘rinsiz tezlashtirsang, qoqilib yiqilishing mumkin. D) Ertaga soat 1500 da maktab jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ilmiy uslub 1. “Moddalar tarkibining doimiyligi qonuni kimyoning asosiy qonunlaridan biridir”. Ushbu gap nutq uslubining qaysi turiga mansub? A) rasmiy uslub B) ilmiy uslub C) publitsistik uslub D) badiiy uslub 2. Keltirilgan gaplardan ilmiy uslubga mansub bo‘lmagan gapni toping. A) Tobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo‘shimchalari yoki ko‘makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi. B) Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. C) Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar sanaladi. D) Barcha gaplar ilmiy uslubga mansub. 3. Har bir fan sohasining o’ziga xos atamalariga tayanuvchi uslub… A) rasmiy uslub B) ilmiy uslub C) publitsistik uslub D) badiiy uslub 4. Ilmiy uslubga xos xususiyat keltirilgan javobni toping. A) daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan xulosalarga asoslanish B) har bir fan sohasining o’ziga xos atamalariga tayanish C) fikrning aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qilinishi D) A, B, C Download 199.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling