Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi


Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish


Download 199.5 Kb.
bet19/25
Sana17.01.2023
Hajmi199.5 Kb.
#1097623
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
9-sinf ona tili

Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish
1. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda yuzaga keladigan shakliy o‘zgarishlar qaysi qatorda noto‘g‘ri izohlangan?
A) ko‘chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to‘ldiruvchiga aylantiriladi
B) undalma qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi
C) muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so‘zi aytdi so‘zi bilan almashtiriladi
D) ko‘chirma gap tarkibidagi undov, kirish so‘zlar tushirib qoldiriladi
2. Darak gap shaklidagi ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda ko‘chirma gapning kesimi qanday bo‘lakka aylantiriladi?
A) o‘zlashtirma gap kesimiga B) to‘ldiruvchiga C) qaratatqich aniqlovchiga
D) o‘zlashtirma gap egasiga
3. “Salima qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Mazkur ko‘chirma gap qaysi qatorda o‘zlashtirma gapga to‘g‘ri aylantirilgan?
A) Onasi Salimadan qanday o‘qiyotganligini so‘radi.
B) Onasidan Salimaning qanday o‘qiyotganligini so‘radi.
C) Onasi Salimaning qanday o‘qiyotganligini so‘radi.
D) Onasi Salimadan uning qanday o‘qiyotganligini so‘radi.
4. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda muallif gapining egasi…
A) qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi B) chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylantiriladi
C) o‘zlashtirma gap egasiga aylantiriladi D) tushirib qoldiriladi
Mustahkamlash
1. Amir Temur o‘g‘lini Tabrizdan Samarqandga jo‘natayotganda shunday nasihat qilgan edi // “El-yurtning mushkilin oson qilgin, adolatli yo‘l tutgin, savob ishlar qilib, ko‘pchilikning duosini olgin!”
Ushbu gapdagi // belgilari o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) vergul B) tire C) nuqtali vergul D) ikki nuqta
2. Do‘stim dedi: “Xo‘sh, u holda qanday tadbir ko‘riladi”?
Ushbu gapda tinish belgilari bilan bog‘liq qanday xato mavjud?
A) vergul noto‘g‘ri qo‘llangan B) so‘roq belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan
C) tinish belgilari to‘g‘ri qo‘llangan D) ikki nuqta noto‘g‘ri qo‘llangan

Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling