Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gaplar
Download 199.5 Kb.
|
9-sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralash murakkab qo‘shma gaplar
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gaplar
1. G‘anim kelsa, xonumoni kul bo‘lur, o‘z yurtida pachaqlash ma’qul bo‘lur. Qo‘shma gap turini aniqlang. A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli qo‘shma gap C) aralash murakkab qo‘shma gap D) bir necha ergash gapli qo‘shma gap 2. Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. Murakkab qo‘shma gap turini aniqlang. A) aralash qo‘shma gap B) bir necha ergash gapli qo‘shma gap C) bir necha bosh gapli qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap 3. Kimki umid bilan daraxt o‘tqazsa, bir kun kelib u daraxt shig‘il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog‘diradi. Ushbu gap turini aniqlang. A) bir necha ergash gapli qo‘shma gap B) aralash murakkab qo‘shma gap C) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap D) bir necha bosh gapli qo‘shma gap 4. Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz. Ushbu gap murakkab qo‘shma gapning qaysi turiga mansub? A) bir necha ergash gapli qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli qo‘shma gap C) aralash murakkab qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap Aralash murakkab qo‘shma gaplar 1. Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va ko‘zlari dumaloq shakl olgan edi. Ushbu gap turi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan. A) aralash murakkab qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli qo‘shma gap C) bir necha ergash gapli qo‘shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap 2. Agar kishi o’z hirslaridan ustun tura olsa, u o‘zidagi bor nuqsonlarni yo‘q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi. Berilgan gap murakkab qo‘shma gapning qaysi turiga mansub? A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) aralashgan murakkab qo‘shma gap C) bir necha bosh gapli qo‘shma gap D) bir necha ergash gapli qo‘shma gap 3. Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. Murakkab qo‘shma gap turini aniqlang. A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) aralash murakkab qo‘shma gap C) bir necha bosh gapli qo‘shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap 4. Aralash murakkab qo‘shma gap keltirilgan javobni toping. A) Umr o‘tar, vaqt o‘tar, Xonlar o‘tar, taxt o‘tar. B) Umrimning anchagina qismi harbiy ishlarda o‘tgan, men bu yerda hech qanday qiyinchilik tortmayman, lekin sog‘ligim o‘z hukmini o‘tkazib turibdi. C) Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qildi. D) B, C Download 199.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling