Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Ergashgan qo‘shma gap haqida ma’lumot
Download 199.5 Kb.
|
9-sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh va ergash gap
Ergashgan qo‘shma gap haqida ma’lumot
1. Berilgan gaplardan qaysi biri ergashgan qo‘shma gap sanaladi? A) O‘zingga do‘st tanla, chunki bir o‘zing baxtli bo‘lolmaysan. B) Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat. C) O‘z tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi. D) Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida dong taratdi. 2. Ergashgan qo‘shma gapni toping. A) Bulbul gulzorni izlaydi, boyo‘g‘li esa doim xarobani ko‘zlaydi. B) Qo‘rqoq keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi. C) Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat. D) Aql ko‘pga yetkazadi, hunar bo‘lsa insonni ko‘kka ko‘taradi. 3. Qaysi bog‘lovchi vositalar orqali bog‘langan qo‘shma gaplar ergashgan qo‘shma gaplar hisoblanadi? A) ergashtiruvchi bog‘lovchilar, ko‘makchili qurilmalar, nisbiy so‘zlar B) ergashtiruvchi bog‘lovchilar C) ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar va nisbiy so‘zlar 4. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gap berilgan? A) Bulbul gulzorni izlaydi, boyo‘g‘li esa doim xarobani ko‘zlaydi. B) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog‘ing. C) Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo‘ling. D) Nuri goh sevinib shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini titroq bosadi. Bosh va ergash gap 1. Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nechta gap bo‘lishidan qat’i nazar, doimo necha qismdan iborat bo‘ladi? A) to’rt qismdan B) uch qismdan C) ikki qismdan D) birdan ortiq qismdan 2. Ergashgan qo‘shma gaplarda bosh gap… A) ergash gap mazmunini izohlovchi gap B) hamisha ergash gapdan keyin keladi C) mazmuni izohlanayotgan gap D) bog‘langan qo‘shma gaplarda ikkita bo‘ladi 3. Ergashgan qo‘shma gaplar qaysi xususiyatiga ko‘ra so‘z birikmalariga o‘xshamaydi? A) tuzilishiga ko‘ra B) doim ikki qismdan tashkil topishiga ko‘ra C) hokim va tobe munosabatda bo‘lishiga ko‘ra D) grammatik asoslarining miqdoriga ko‘ra 4. Ergashgan qo‘shma gaplarda bosh va ergash gapning joylashish o‘rni to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) ergash gap bosh gapdan oldin keladi B) bosh gap ergash gapdan oldin keladi C) ergash gap bosh gap o‘rtasida keladi D) ergash gap bosh gapdan oldin, keyin yoki bosh gap o’rtasida kelishi mumkin Download 199.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling