Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Download 199.5 Kb.
|
9-sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-DARS. BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR. ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR. Bog‘langan qo‘shma gap haqida ma’lumot
Qo‘shma gaplar tasnifi
1. Qo‘shma gaplar qaysi xususiyatiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi? A) grammatik asoslarining miqdoriga ko‘ra B) tobe yoki teng munosabatda bo‘lishiga ko‘ra C) qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra D) bog‘lovchi vositalar orqali yoki bog‘lovchilarsiz bog‘lanishiga ko‘ra 2. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Sen borsan, ko‘nglim to‘q. B) Qatorda noring bo‘lsa, yuking yerda qolmaydi, deydilar. C) Quyosh va tog‘da qushlarning xush navosi boshlandi. D) Goh kechalari shamol bo‘riday uvillab chiqar, goh sharros yomg‘ir quyib qolardi. 3. Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar qanday turlarga bo‘linadi? A) ergashgan qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘lovchilar orqali bog‘langan qo‘shma gap, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar orqali bog‘langan qo‘shma gap va ohang orqali bog‘langan qo‘shma gap C) ergashgan qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap va bog‘lovchisiz qo‘shma gap D) teng bog‘lovchilar orqali bog‘langan qo‘shma gap, ergashtiruvchi bo‘g‘lovchilar orqali bog‘langan qo‘shma gap 2-DARS. BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR. ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR. Bog‘langan qo‘shma gap haqida ma’lumot 1. Bog‘langan qo‘shma gapni toping. A) Yurakda orzum qat-qat, ko‘nglim etadi parvoz. B) Shogirdlar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ngil qafasi shuncha ravshanroq bo‘ladi. C) Shu onda chiroq o’chdi va birdagi o’q uzildi. D) Jahonda hammadan to‘g‘rilik a’lo, Egrilikdan ortiq yo‘qdir hech balo. 2. Faqat teng bog‘lovchilar berilgan qatorni toping. A) va, yo, -da B) ammo, hamda, chunki C) va, biroq, dam…, dam…D) ammo, yo…, yo, shuning uchun 3. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Guli yo‘q bo‘stondan yaproq yaxshi, foydasi yo‘q yo‘ldoshdan tayoq yaxshi. B) Shu mashina haydashni o‘rganib olsang juda soz bo‘lardi. C) Mana sen ketding-u, bo‘ldim xayolkash. D) Shogirdlar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ngil qafasi shuncha ravshanroq bo‘ladi. 4. Qaysi qatordagi bog‘langan qo‘shma gap tarkibida yuklama ishtirok etmagan? A) Sarbon shundog‘ dedi-da, quchog‘ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi. B) Oyim gapiryapti-yu, mening ko‘zlarim Kimsan akamda. C) Vijdonli kishini ta’qib etish mumkin, ammo sharmanda qilish mumkin emas. D) Umrlar o‘tar-u, kitoblar yashar. Download 199.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling