Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar
1. 1) ergashtiruvchi bog‘lovchilar; 2) ko‘makchili qurilmalar;
3) ayiruv bog‘lovchilari; 4) yuklama (-ki); 5) bo‘lsa, esa so‘zlari;
6) zidlov bog‘lovchilari; 7) nisbiy so‘zlar; 8) deb so‘zi.
Yuqorida berilgan bog‘lovchi vositalardan qaysilari faqat ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etadi?
A) 1, 2, 4, 6, 7 B) 2, 3, 5, 6, 8 C) 1, 2, 3, 7, 8 D) 1, 2, 4, 7, 8
2. Yuklamaning qaysi turi ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etadi?
A) -u, -yu, -da B) -ki C) -u, -yu, -da, -ki D) -ki, -gach
3. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi qaysi vositalar ikkala qismda ham mavjud bo‘ladi?
A) ko‘makchili qurilmalar B) nisbiy so‘zlar
C) ko‘rsatish olmoshlari D) ayiruv bog‘lovchilari
4. Nisbiy so‘zlarning qo‘shma gap tarkibidagi joylashish o‘rnini aniqlang.
A) bosh gap tarkibida bo‘ladi B) ergash gap tarkibida bo‘ladi
C) bosh gap yoki ergash gap tarkibida bo‘ladi D) bosh gap va ergash gap tarkibida bo‘ladi
Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar
1. Quyidagi bog‘lovchilardan qaysilari ergash gap oldidan keladi?
A) chunki, negaki B) agar, basharti C) go‘yo, xuddi D) sanalganlarning barchasi
2. Qo‘shma gap qismlari qaysi bog‘lovchilar orqali bog’langanda ergash gap bosh gapdan so‘ng keladi?A) shart bog‘lovchilari B) ko’makchili qurilmalar
C) deb so‘zi D) sabab bog‘lovchilari
3. Shart bog‘lovchilarining qo‘shma gaplarda ishlatilish o‘rnini aniqlang.
A) Shart bog‘lovchilari bosh gap tarkibida bo‘ladi va bosh gap ergash gapdan oldin keladi.
B) Shart bog‘lovchilari ergash gap tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
C) Shart bog‘lovchilari har ikki qismda ishlatilishi mumkin.
D) Shart bog‘lovchilari bosh gap tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
4. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, … boshqa qaytarilmasin.
Nuqtalar o‘rniga kerakli bog‘lovchini qo‘ying.
A) va B) chunki C) toki D) ammo
Do'stlaringiz bilan baham: |