Ekvipolent oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolarida asosiy farqlovchi belgidan tashqari yana bitta qo‘shimcha farqlovchi belgi ham mavjud boiadi [103, -371], Masalan, o‘zbek tilidagi «i» va «u» unlilari «lablanmagan va lablangan» farqlanish belgisi asosida (i-u) oppozitsiyasini hosil qiladi, ammo bu oppozitsiya a’zolarida qo‘shimcha farqlanish belgisi ham bor: i (lablanmagan, old qator) - u (lablangan, orqa qator) kabi. Bulardagi «lablanmagan, old qator» belgilari «lablangan, orqa qator» belgilariga teng qiymatli belgilar sifatida qarama-qarshi qo‘yiladi10. Bunday holat (e-o‘), (a-o) oppozitsiyalarida ham kuzatiladi. O‘zbek tili undoshlari tizimidagi t-sh, d-j zidlanishlari ham ekvipolent oppozitsiyalar sanaladi, chunki ularda ham zidlanish ikki belgiga asoslangan: t (til oldi-tish, portlovchi) + sh (til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi) =? t-sh oppozitsiyasi; d (til oldi-tish, portlovchi) + j (til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi) = d-j oppozitsiyasi kabi.
Uchinchi asos oppozitsiya a’zolarining ma’no ajratish kuchiga va shu a’zolarning turli pozitsiyadagi xizmatiga tayanadi. Bunday asosga ko‘ra oppozitsiyalarning quyidagi ikki turi farqlanadi:
Doimiy oppozitsiyalar. Bunday oppozitsiya a’zolari barcha pozitsiyalarda o‘z farqlanish belgilarini yo‘qotmaydi. O‘zbek tilidagi (p-t), (s-sh) oppozitsiyalarida shunday holat kuzatiladi. Qiyos qiling: paxta- taxta (so‘z boshida, unlidan oldin), opa-ota (intervokal holatda), topmoq- totmoq (so‘z o‘rtasida, sonordan oldin), ip-it (so'z oxirida); sim-shim (so‘z boshida, unlidan oldin), asir-ashir (intervokal holatda), osmoq-oshmoq (so‘z o‘rtasida,sonordan oldin), tus-tush (so‘z oxirida) kabi. Bunday doimiylik, barqarorlik oppozitsiyaning har ikkala a’zosi jarangsiz bo‘lganda ko‘proq uchraydi.
Zidlanishning bu turi ayrim manbalarda «konstant oppozitsiya» deb ham nomlanadi11.
Do'stlaringiz bilan baham: |