Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


-MA’RUZA. Fonema ottenkalari Ottenkalar tasnifi 2.Ottenka, variant va variatsiya


Download 1.8 Mb.
bet26/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

4-MA’RUZA. Fonema ottenkalari Ottenkalar tasnifi 2.Ottenka, variant va variatsiya
Fonema ottenkalari fonemalarning talaffuzdagi real ko‘rinishlaridir (L.V. Shcherba). Chunonchi, «a» fonemasi old qator unlidir. Bu belgi «a» fonemasi uchun tipik hisoblanadi, biroq shu tipik belgi qaram so‘zida orqa qator unli ottenkasiga aylanadi. Demak, «a» fonemasi qaram so‘zida («q» bilan yondosh qo‘llanganda) orqa qator unli tarzida, karam so‘zida («k» bilan yondosh qollanganda) esa old qator unli tarzida talaffuz qilinadi. Bu ikki xil talaffuz «a» fonemasining so‘z tarkibidagi real ko‘rinishlari - ottenkalari hisoblanadi. Ottenkalar fizik-akustik va artikulatsion jihatdan o‘zaro farqlansa-da, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, chunki shu ikki ottenkaning fonologik funksiyasi bitta (ularning ikkalasi bitta «a» fonemasining vazifasini bajaradi). Demak, fonema bilan uning ottenkalari o‘rtasida umumiylik va xususiylik munosabatlari bor.
Fonema ottenkalaridan birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llab bo‘lmaydi: bunga shu ottenkani shakllantirgan fonetik pozitsiya yo‘l qo‘ymaydi. Masalan, ko‘z so‘zidä faqat old qator «e», qo‘l so‘zida esa faqat orqa qator «o» qo‘llanadi. Bir fonemaning turli pozitsiyadagi ko‘rinishlari - ottenkalari fonema qatorini hosil qiladi. Masalan, «u» fonemasi kul so‘zida old qator «Y» tarzida, qul so‘zida esa orqa qator «u» tarzida talaffuz etiladi, shunga ko‘ra y, u qatorini yuzaga keltiradi.
Fonema ottenkalari tushunchasiga L.V. Shcherba asos solgan. Bu tushuncha va atama Sankt-Peterburg (sobiq Leningrad) fonetistlari maktabi vakillari tomonidan ko'proq qo'llanadi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling