Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
Neytrallashuvchi (mo‘tadillashuvchi) oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolari kuchli pozitsiyada (mas., undoshlar so‘zning boshida, ikki unli orasida yoki unlidan oldin qo‘llanganda) o‘zlarining farqlanish belgilarini yo‘qotmaydi: bolva pol(b-p), dorva tor(d-t) kabi. Kuchsiz pozitsiyada (mas., so‘z oxirida) esa ular neytrallashadi: «tub»dagi «b» undoshi jarangsiz «p»tarzida (tub > tup kabi), «qad»dagi «d» esa jarangsiz «t» tarzida (qad > qat kabi) talaffuz qilinadi, natijada, «b-p» va «d-t»ga xos «jarangli-jarangsiz»lik farqlanish belgisi yo‘qolib, shu fonemalarga xos umumiy (integral) belgilar - «b-p»dagi «lab-lab, portlovchi»lik, «d-t»dagi «til oldi-dental, portlovchi»lik xususiyatlari saqlanadi. Kuchsiz pozitsiyadagi neytrallashuv tufayli yuzaga kelgan tovush o‘zaro zidlanishda bo‘lgan ikkala fonemaning bir umumiy vakili - varianti sanaladi, fonemalarning o‘zi esa variantga nisbatan arxifonema bo‘ladi: b//p arxifonemasining varianti P (tubva tupso‘zlarida), d//t arxifonemasining varianti T (qadva gatso'zlarida), z//s arxifonema- sining varianti S (tuz va tus so‘zlarida) bo‘lgani kabi.
Kuchsiz pozitsiyada neytrallashgan fonemalarning fonetik tabiati farqlanmasa ham, ularning oppozitsiyadagi fonologik qiymati saqlanadi. Bu hoi fonemaning sof fonetik jihati emas, lingvistik-funksional mohiyati til uchun yetakchi omil ekanligidan dalolat beradi. Xulosa: a) fonemalar til mexanizmida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan mustaqil birliklardir: ular so‘z va morfemalarning tovush qobig’ini (ifoda planini) farqlash bilan birga, shu so‘z yoki morfemalarning ma’nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi; b) fonemalarda differensial (farqlanadigan) va integral (farqlanmaydigan) belgilar mavjud bolib, ulardan birinchisi (differensial belgi) fonologik jihatdan relevant belgi,ikkinchisi (integral belgi) esa fonologik jihatdan norelevant belgihisoblanadi; d) ikki fonemaning qarama-qarshi qo‘yilayotgan differensial belgilari shu fonemalarni bitta oppozitsiyaga birlashtiradi, bir farqlanish belgisiga asoslangan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar esa korrelatsiyalarga uyushadi. Demak, oppozitsiyalar- dagi farqlovchi belgilar korrelyatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi; korrelatsiyalar o‘z navbatida bir-biri bilan ulanib, bir butun tizimni- fonologik sistemani hosil qiladi, bunda oppozitsiya sistemaning quyi pog‘onasi (yadrosi), korrelatsiya esa uning yuqori pog‘onasi bo‘ladi. Eslatma: tilning fonologik tizimida korrelatsiya hodisasi borligini aniqlagan olimlardan biri (ehtimol, birinchisi) bizning yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino bo‘lgan. U o'zining fonetikaga doir bir risolasida «dol» «to» ga qanday munosabatda boisa, «zod» «sin» ga shunday munosabatda bo‘ladi»,— degan edi. Qiyos qiling: «dol» (jarangli «d») — «to» (jarangsiz «t»), «zod» (jarangli «z») — «sin» (jarangsiz «s»). Bunda jarangli va jarangsizlik belgilari asosida d-t, z-s oppozitsiyalari bir korrelatsiyaga uyushayotganligi nazarda tutilganligi shubhasiz12. 0‘zaro zidlanishda (oppozitsiyada) bo‘lgan fonemalardan birini ikkinchisi bilan almashtirish qonuniyati Z.M. Boburning «Boburnoma»- sida ham qayd etilgan.Unda shunday deyilgan: «So‘ngra ma’lum bo‘ldikim, turki lafzida mahal iqtizosi bila to va dol, yana g‘ayn va qof va kof bir- birlari bila mubaddal boiurlar emish»13. Izoh: mubaddal — «almashingan», iqtizo — «taqozo», «talab», «istak», «ehtiyoj», mahol— «imkonsiz». Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling