Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakkalangan
- Ikkinchi
Proporsional oppozitsiyalar. Bunda bir oppozitsiya a’zolaridagi farqlanish belgilari shu sistemadagi (yoki tagsistemadagi) barcha oppozitsiyalarga xos bo‘ladi. Masalan; «jarangsiz-jarangli»lik farqlanish belgisi shu belgi asosida tarkib topgan korrelatsiya a’zolarining barchasida bor: (p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + + (ch-dj) + (x-g‘) kabi.
Yakkalangan oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolari o‘rtasidagi aloqa boshqa oppozitsiyalarda takrorlanmaydi. Masalan; o‘zbek tilidagi (1-r) oppozitsiyasiga xos «yon sonant» va «titroq sonant» farqlanish belgisi boshqa biror oppozitsiyada yo ‘ q [ 1, 29—31]. Ikkinchi asos oppozitsiya a’zolari o‘rtasidagi munosabatga tayanadi. Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi: Privativ oppozitsiya.Bunday oppozitsiya a’zolaridan birida bor bo‘lgan belgi shu oppozitsiyaning ikkinchi a’zosida bodmaydi: «b»dagi «jaranglilik» belgisi «p»da yo‘q, «d»dagi «jaranglilik» «t»da yo‘q. Demak, bunday oppozitsiya a’zolaridagi belgilar bir-birini inkor etishga (inkorni inkor qonuniga) asoslanadi: b-p (jarangli - jarangsiz), d-t (jarangli-jarangsiz), t-s (portlovchi-sirg‘aluvchi) kabi. Gradual (pog‘onali) oppozitsiya. Bunday oppozitsiya fonemalardagi farqlanish belgisining darajalanishiga asoslanadi. Masalan, i-e-a, u-o‘-o unlilarida ana shundaiy darajalanish bor: i (tor) - e (o‘rta keng) - a (keng), u (tor) - o' (o‘rta keng) -o (keng) kabi. Bularning barchasida til bilan tanglay orasidagi masofa «tor»dan «keng»ga qarab darajalanib bormoqda. Darajalanish xususiyati undoshlar oppozitsiyasida ham kuzatiladi: t (portlovchi) - ch (qorishiq) - sh (sirg‘aluvchi). Bunda qorishiq «ch»dagi «portlash-sirg‘alish» belgisi uning portlovchi «t» bilan sirg'aluvchi «sh» o'rtasiga qo'yilishini taqozo qiladi. Gradual xarakterdagi zidlanish (b-d-g), (p-t-k) oppozitsiyalarida ham mavjud: b (lab-lab) -d (til oldi-dental) -g (til orqa); p (lab-lab) -t (til oldi-dental) -k (til orqa). Bulardagi gradatsiya artikulatsiya o'rnining labdan tilning orqa qismiga qarab ko'chib borish darajasi bilan belgilanadi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling