Quyidagi holatlarda urg‘u so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushmaydi:
1. Hamma, barcha, qancha, qanday, allakim, allanima, allaqachon, kimdir, qachondir, har kim, har qachon, har qaysi, hech nima, hech qanday, hech qaysi kabi olmoshlarda.
2. Doim, aslo, hamisha, hozir, astoydil, zo‘rg‘a, ancha, yangi kabi ravishlarda.
3. Albatta, darhaqiqat, afsuski, zero kabi modal so‘zlarda.
4. Ammo, lekin, balki, hatto, garchi, toki kabi yordamchi so‘zlarda.
5. Mashina, traktor, leksiya, radio kabi rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bir qancha qo‘shimchalar ham urg‘u olmaydi. Ular qo‘yidagilar:
–man, -san, -miz, -siz birinchi gruppa tuslovchi qo‘shimchalari: ishlayman, ishlaysan, yozarman, yozarsan, talabamiz, talabasiz kabi;
–ta, -tacha donalik va chama son yasovchi qo‘shimchalari: o‘nta, o‘ntacha, beshta, beshtacha kabi;
–cha, -dek, -day ravish yasovchi qo‘shimchalari: yigitcha, mardcha, mardlarcha, qahramonlarcha, oydek, o‘qdek, gulday, suvday kabi;
–ma fe’lning bo‘lishsiz shaklini yasovchi qo‘shimchasi: borma, ketma, yugurma, gapirma kabi;
–u(yu), -ku, -mi, -chi, -oq (-yoq), -da, -gina, -kina, qina kabi affiks yuklamalari: men-da, keldi-da, keldi-yu, shaharda-ku, ayt-chi? men-mi? kabi.
So‘z urg‘usining ahamiyati:
1) nutqda so‘zlarning talaffuz me’yorini belgilab beradi;
2) shaklan teng kelib qolgan so‘zlarni talaffuziga ko‘ra bir- biridan farqlashga yordam beradi: yangi (sifat) – yangi (ravish) kabi;
3) teng kelib qolgan so‘z shakllarini bir-biridan farqlashga yordam beradi: talabamiz (-miz shaxs-son qo‘shimchasi) – Biz talabamiz kabi. Talabamiz (-miz egalik qo‘shimchasi) – Bizning talabamiz kabi.
Mantiqiy urg‘u. Gap tarkibidagi biror bo‘lakni boshqalariga ko‘ra kuchliroq, zarb bilan aytish orqali ajratib ko‘rsatishga mantiqiy (logik) urg‘u deyiladi. Mantiqiy urg‘u gapning mazmunini belgilab beradi. Masalan: 1) Biz bugun muzeyga boramiz. (Bizning borishimiz haqida gap ketyapti).
2) Biz bugun muzeyga boramiz. (Boshqa kuni emas, bugun borishimiz haqida gap ketyapti).
3) Biz bugun muzeyga boramiz. (Boshqa joyga emas, muzeyga borishimiz haqida gap ketyapti).
4) Biz bugun muzeyga boramiz. (Albatta borishimiz haqida gap ketyapti).
Mantiqiy urg‘u intonatsiya hodisasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |