Xristianlikning kelib chiqish tarixi Bibliya (Injil) xristianlikning muqaddas manbai. Xristianlikning aqidalari
§ 2 Bibliya (Injil) - xristianlikning muqaddas manbai
Download 98.38 Kb.
|
5-мавзу (1)
§ 2
Bibliya (Injil) - xristianlikning muqaddas manbai. Iso to’g’risidagi tasavvur va rivoyatlar Bibliya (Injil) iudaizm va Xristianlik dinlarining umumiy muqaddas manbai hisoblanadi. Bibliyaning eramizdan avvalgi davrlarda yaratilgan qismi Tavrot bo’lib, uni «Qadimiy ahd» deyiladi. U yahudiy milliy dinini asoslab bergan edi. Bibliyaning «Yangi ahd» degan qismi xristianlikni asoslab bergan muqaddas manba hisoblanadi. «Yangi ahd» injilnomalar to’plami bo’lib, ularni Isoning apostollari (yaqin yordamchilari) Matfey, Mark, Luko va Ioann, shuningdek, yana 21 ta injilnomalarini boshqa avliyolar yozishgan, degan ma’lumotlar saqlanib qolgan. Ushbu injil nomalari asosida Ioann Bogoslovning «Vahiynoma»si yaratilgan. Uni ilmiy o’rganilganda xristianlikka oid injil nomalari yahudiy diniy adabiyotiga, cherkov qonun-qoidalariga to’g’ri kelmaydigan Muso, Yonox, Yezdra va boshkalarning vahiynomalariga bevosita o’xshashligi isbotlangan. Biroq xristian ilohiyotchilari «Yangi ahd»ni xudo Isoga yuborgan deb hisoblab, Injil nomalarini xristianlikning turli oqimlari manfaat-maqsadlariga moslab turli davrlarda turli mualliflar tomonidan yozilganligini inkor etadilar. Xristianlikning birinchi yozma yodgorligi taxminan eramizning 68-yili ikkinchi yarmi va 69-yili birinchi yarmida yozilgan Apokalipsis (Ioann Bogoslovning «Vahiynomasi) edi. Xristianlik yahudiy dinidan ajralib, undan tobora uzoq-lashib, Rim imperiyasidagi turli millatlar orasida yoyila-verdi. Bu jarayon apostollar (sahobalar)ning nomalarida o’z ifodasini topgan. Ularni apostollardan Pyotr, Iuda, Ioann, Iakov va Pavel yozgan deb tahmin qilingan. Injilnomalar tekshirilganda, ulardan ba’zilari ibodat duolari to’plami bo’lsa, ba’zilari esa xristian ahloq-odobiga bag’ishlanganligi aniqlangan. Bu nomalar I asrda va II asrning 30-40 yilla-rida paydo bo’lgan. Mazkur nomalarda xristianlik yahudiy dinidan farq qilishi, bu farq xristianlik cherkovi va boshqa tashkilotlarning vazifalari xususidagi fikrlardan ham sezilib turadi. Bu nomalarda g’oyibdan homilador bo’lgan Bibi Maryamdan tug’ilgan va xochga tortilib qatl etilgan odam qiyofasidagi xudo Iiusis Xristos to’g’risida ma’lumotlar bor. Iso Quddus, kana, Kafarnahum, Baytlahm, Nosira shahar-larida va’z aytgan. Iordan (O’rdun) daryosida cho’qintirilgan. Jalila (Genisaret) ko’li bo’yida haloyiqqa pand-nasihat qilganligi to’g’risida Injilda yozilgan. (Qarang: Injil. Turkiya. Muqaddas kitob jamiyati 1995 y 25-30 betlar). Eramizning II-III asrlarida xristianlikning turli jamoalarida bir necha o’nlab turli injillar mavjud bo’lgan. Keyingi ruhoniylar Rim imperiyasida xristianlik hukmron dinga aylangan bosqich uchun eng maqbul bo’lganlarini, o’z ijtimoiy dasturlariga to’g’ri keladiganlaridan 4 tasini tanlab olganlar. Injillarni tanlab olinganda Rim tarixi, huquqi, turmushi, geografiyasini, urf-odatlarini yaxshi hisobga olinganligi keyinchalik ma’lum bo’lgan. Shuning uchun injillar bir necha marta qayta ishlangan. Rim davlati talablariga moslashtirilgan. Cherkov pillapoyalari tashkil topgandan keyin Iso qatl qilib o’ldirilgan va u qayta tirilib osmonga chiqib ketgandan keyin III asr boshlarida «Yangi ahd» ning so’nggi kitoblari - Avliyo apostolllarning amallari yozilgan. Unda apostollarning oliy ruhoniylik amali bo’lgan yepiskoplik va boshqa ruhoniylik unvonlarini bevosita Isoning o’zi ularga in’om qilganligi haqida ko’p gapirilgan. Shunday qilib «Yangi ahd» eramizning I-IV asrlarida vujudga keltirilib, xristianlikning muqaddas manbai sifatida qabul qilingan. Iiusis Xristos to’g’risidagi rivoyatlar undagi e’tiqod, ishonch xristianlikdagi asosiy ta’limot deyish mumkin. 1948 yilda O’lik dengiz yaqinidagi falastin markazi Xirbet Qumran g’orlaridan tasodifan topib olingan hujjatlarga asosan Iso tarixiy shaxsligi to’g’risida gazetalarda shov-shuvga sabab bo’lgan maqolalar e’lon qilindi. «Qumron qo’lyozmala-ri» deb atalgan bu hujjatlar xristianlik tarixiga qiziqish-ni kuchaytirishi aniq edi. Iso Isroil farzandlariga (qadimgi yahudiylar o’zlarini shunday deb ataganlar) xudo tomonidan yuborilgan payg’ambar bo’lib, Ilohiy haloskor messiya («mashiax» degan qadimgi yahudiycha so’zdan olingan bo’lib, «Pomazonnik», ya’ni ilohiy haloskor, xudoning vakili demakdir) tez orada kelishini allaqachon bashorat qilganlar. Aytishlaricha, u insoniyatni barcha gunohlardan xalos etish va o’z jonini qurbon qilib boshqalarning gunohini yuvishi kerak ekan. U yovuzlarni va adolatsiz kishilarni jazolaydi, odamlarga yangi qonunlar beradi. Yer yuzida rozat-varog’at, adolat o’rnatadi. Qudratli messiya sevimli Isroil xalqiga bosh bo’lib, uni tashqaridan kelgan rimlik istilochilardan ozod qiladi, deb tasavvur etilgan. Injil rivoyatlariga ko’ra, yahudiyaning Nazaret viloyatidagi Vifleyem shahrida yashaydigan yahudiy Yusuf (Iosif) farishta Jabroil tomonidan «muqaddas ruh»dan uning xotini Bibi Maryam bo’lajak payg’ambar Isoni tug’ishi haqida oldindan ogohlantirilgan. Maryam oldiga muqaddas ruh keladi. Undan Iso tug’iladi. Isoni onasi Maryam Vifleyem shahri yaqinidagi g’orda tug’adi. Yahudiyaning podshosi Isoning tug’ilganidan xabardor bo’lgan. O’sha vaqtdagi podsho Irod Vifleyemda tug’ilgan barcha go’daklarni o’ldirishga farmon bergan. Biroq, xudo tomonidan yuborilgan farishta Isoni, onasini va barcha Yusuf oilasini Iroddan yashirib Misrga yashirin holda o’tkazib yuborib qutqarib qoladi. Shundan keyin Isoni hyech kim ko’rmaydi va faqat 30 yoshga kirgandan keyingina Iso xalqqa ko’rinish beradi. Shundan boshlab, Iso o’z targ’ibotchilik faoliyatini boshlaydi. U bir qancha sodiq shogirdlarini-apostollarni o’z yoniga olib, ular bilan birga yangi dinni targ’ib qilish uchun butun mamlakat bo’ylab safarga chiqadi. Xuddi shu vaqtda apostol Ioann haloskorning kelganligi to’g’risida xabar tarqatadi. Iso va uning shogirdlari Iordan daryosi yaqinida Ioann bilan uchrashib qoladilar. Ioann ularni Ioardan daryosi suvida yuvintirib, cho’qintiradi. Ioann Isoni cho’qintirayotgan paytda osmondan nido kelib: «bu mening sevikli o’g’lim, mening iltifotim ana shunda», degan ovoz eshitilgan emish. Bu to’g’rida apostol Matfey yozgan injilning 3-sura, 17-oyatida yozilgan. Iso o’z faoliyatida mo’jizalar ko’rsatgan: jumladan, u o’likni tiriltirgan, ko’rlarni, mayib-majruhlarni davolagan, jinnilardan ins-jinslarni haydab chiqargan, qutirib to’lqinlanib turgan Teveriadiya ko’li to’lqinlarini ustidan cho’kib ketmasdan yurib kelgan. Iso o’z safdoshlari bilan hamma joyda kohinlar qo’llab-quvvatlab turgan Isroil davlat dini iudaizmni qattiq tanqid qilib yurganlar. Rassomlar Isoning yelkasiga qizil yelkapo’sh-plashch yopingan, yalang oyoq, sochlari o’sib yelkasiga tushgan holda birinchi marta xalqqa ko’rinish berishini, ko’l ustidan kelayotganini, uning onasi qo’lida turgan go’dakligini, Misrga ot minib qochib ketayotgan Maryam va bolasining rasmlarini ishlaganlar. Haykaltaroshlar esa Isoning xochga mixlab o’ldirilayotgan paytdagi azoblanib turgan holatini ishlaganlar. Bu rasm va haykallar ko’pgina cherkov va monastirlarda, kitob va jurnallarda, ikonalarda ifodalangan. Bu narsalar fetishizmga aylanib, muzeylarda namoyish etilgan. Iso dastlabki vaqtlarda iudaizm dinining inson hayotini chulg’ab olgan ko’p ko’pdan-ko’p (600 ga yaqin) cheklashlarini va amallarini qat’iy ravishda bajarishni xudoga keragi yo’q, ular o’rniga xudoga samimiy va astoydil e’tiqod qilinsa bas, deb targ’ibot yurgizgan. Injilda Isoni beozorlik, kechiruvchanlik, yaqin kishilarni sevish, mo’minlik timsoli etib tasvirlangan. Injilda tasvirlanishicha, xudo o’g’li kambag’al dehqon, duradgor qiyofasida, o’z qabiladoshlarining nafrat, ta’qib va quvg’iniga uchragan, bu qiyinchiliklarga chidab, bardosh bergan, ruhoniy va kohinlar haqoratiga indamasdan ketavergan; yuvosh, qul libosida gavdalanib, xudoga eng yaxshi ahloqiy fazilatlarga ega bo’lgan timsol sifatida yoqib qolgan, barcha xristianlarni undan o’rnak olishga da’vat qilinadi. Iso aytgan asosiy g’oyalar: tez orada xudoning saltanati boshlanadi, u hamma odamlarga emas. Faqat Isoning ilohiyligiga ishonadigan, uni xudoning o’g’li ekanligini tan oladigan va hamma narsalarda uning ko’rsatmalariga amal qiladigan kishilargagina nasib bo’ladi, deganlar. Xudoning adolatli jamiyatida yashash eng avval mashaqqat chekkanlarga, mazlumlarga va «zahmatkashlar»ga xudoning in’omidir. Iso tepalikda turib: «Mo’minlar mas’uddirlar, chunki ularning joyi jannatdadir. Yig’laganlar mas’uddirlar, chunki taskin topadilar. Yuvosh kishilar mas’uddirlar, chunki ular yerni meros oladilar», deb va’zxonlik qilgan. Bu Matfey Injilning 5-surasidagi 3-5 oyatlarida keltirilgan. Iso o’zining o’sha vaz’xonligida yana ma’naviy va moddiy qashshoqlikni, mehnatkashlarning itoatkor bo’lishini, jannatda rohat-farog’atda yashashining asosiy sharti, deb e’lon qilib, ulardan quyidagilarni talab qilgan: dushmanlarin-gizni sevingiz, sizlarni la’natlovchilarni duo qilingiz, sizlarga nafrat bilan qarovchilarga xayr-ehson qilingiz, sizlarni ranjituvchilar va quvg’in qiluvchilar uchun ibodat qilingiz. Bu haqda Matfey Injilining 5-sura, 41-oyatida xabar berilgan. Bu ko’rsatmalar xristianlikning ijtimoiy va ahloqiy ta’limotlaridir. Iso boylar bu dunyoda rohat qilsalar ham, u dunyoda qilmishlariga javob beradilar, boylarning jannatga tushishlari ignaning teshigidan tuyani o’tishi bilan baravar, deb ta’lim bergan. Bundan xayr-ehsonli boy-badavlat kishilar istisnodir. Iso hamma odamlar xudo oldida teng, deb e’lon qilgan, lekin u hokimlik huquqini xudo bergan bo’lib, Davlat hukmiga, mahalliy hokimlar amriga bo’sunish xudo amrini bajarishdir, degan. Iso uch yil davomida targ’ibot olib borgan. Lekin Yahudiya hokimi Pontiy Pilat Isoni tutib bergan kishiga 200 tilla pul berajagini e’lon qilgach, Isoning eng yaqin apostoli Iuda sotqinlik qilib, uni tutib bergan. Pontiy Pilat va yahudiy ruhoniylari Quddus shahrida Isoni sud qilib xochga mixlab o’ldirishga hukm qilganlar. Hukm Golgofa tog’ida qiynab o’ldirish orqali ijro etilgan. Shu tariqa o’z jonini qurbon qilgan Iso uch kundan keyin mo’jiza bilan qayta tirilgan, u yana 50 kun da’vat-targ’ibot olib borgach, otasi xudo oldiga osmonga chiqib ketgan, u qiyomat kuni qaytib keladi, deb tasavvur qilinadi. Lekin Iiusis Xristos (Iso) tarixiy shaxsmi yoki afsonaviy shaxsmi - bu muammo hozirgacha uzil-kesil xal qilingani yo’q. Download 98.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling