Xristianlikning kelib chiqish tarixi Bibliya (Injil) xristianlikning muqaddas manbai. Xristianlikning aqidalari
Download 98.38 Kb.
|
5-мавзу (1)
§ 6
Xristianlik firqalari Sekta lotincha-«ajralgan», «uzilgan», «mazhab» demak-dir. Hukmronlik qiluvchi yoki o’tmishda hukmronlik qilgan diniy yo’nalishdan ajralib chiqqan diniy mazhabni odatda ana shu so’z bilan atalgan. Xristianlikda barcha yo’nalishlarda ham firqalar bor. Ayrim sektalar mustaqil diniy oqimga aylanib ketgan. Xristianlikning o’zi dastlab yahudiy dinidagi sekta bo’lganligi boshda aytib o’tilgan edi. Rasmiy hukmron din sektaga mansub ruhoniylarni bid’atchilar, ular shaytonning yo’liga kirib ketganlar, deb qoralaydilar, O’tmishda sektantlik harakatlari yangi diniy aqidalar, marosimlar, bayramlar, rivoyatlar, ayrim diniy peshvolar, alviyolar ta’limotiga amal qilish, ijtimoiy-siyosiy sinfiy-tabaqaviy manfaatlar, rasmiy dindan norozilik oqibatlarida va boshqa sabablarga ko’ra kelib chiqqan va rivojlangan. Biroq sektantlik juda xilma-xil bo’lib, uning ichki ziddiyatlari ko’p. Agar sektalarning aksar ko’pchiligi diniy yangi tarixiy sharoitga moslashtirish asosida paydo bo’lgan bo’lsa, shunday sektalar ham borki, ular eski dinni avvalgi holida, hyech qanday o’zgarishsiz saqlab qolishga intiladilar. Xristianlikdagi uchta yo’nalishning barchasida ham sektalar borligini hisobga olib, biz sektalarni matnda alfavit asosida bayon qilish maqbul deb hisobladik. ADVENTISTLAR FIRQASI Adventistlar (lot.-voqye bo’lish) protestansizm sektasi. Sekta XIX asrning birinchi yarmida AQShda vujudga kelgan. Uning asosichisi Uilyam Miller (1782-1849) «Muqaddas yozuvlar va 1843 yilda yozilgan Isoning ikkinchi marta voqye bo’lishi» hamda uning shaxsan 1000 yillik hukmronligi haqida tarix dalillari» kitobida Bibliya tarkibiga kiradigan payg’ambarlar kitoblariga suyanib, Isoning ikkinchi marta kelishiga doir o’zi belgilagan muddatni asoslashga uringan. Bu fikr AQShda mayda burjuaziya tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Ular payg’ambarning kelishiga muddat o’tib ketsa ham bari-bir ishonaveradilar. Adventistlar bir nechta bo’laklarga bo’linib ketdi. Ular orasida «yettinchi kun adventistlari» eng yirigidir. Ular ta’limotida ham Isoning ikkinchi marta qaytib kelib 1000 yil hukmronligi boshlanadigan kunning yaqinligiga ishonish mavjud. Ular oxiratga ham ishonadilar. Adventistlar insoniyat tarixi Iso va shayton o’rtasidagi abadiy kurashdan iborat, bu kurash shaytonning halokati bilan tugaydi, xalos bo’lishning birdan-bir yo’li adventistlar e’tiqodini qabul qilishdir, deb hisoblaydilar. Adventistlar jonning o’lishiga ishonadilar. Ularning fikriga ko’ra, Iso qaytib kelishi bilan jon tana bilan birga qaytib qo’shilib, tirilish ro’y beradi. Yerdagi hayot xuddi shunga tayyorgarlik uchun berilgan. Adventistlar shanba kunini dam olish kuni deb hisoblaydi, o’z daromadlarining o’ndan bir qismini cherkovga tuhfa qiladilar. Adventistlar o’z noshirlik organlariga, ko’plab shifoxonalariga ega bo’lib, aktiv messionerlik faoliyati olib boradilar. Ular o’z cherkovlariga 1863 yili asos solganlar. Amerika, Afrika, Rossiyada 3 milliondan ko’proq adventistlar bor. Baptistlar firqasi Baptist (yun.-suv bilan cho’qintirish) protestantizmdagi sektalardan biri bo’lib, XVII asrda paydo bo’lgan. Uning asoschilari Gollandiyaga qochib borgan ingliz mahalliy cherkov va jamoalarinig avtonomik prinsipining himoya qiluvchilari bo’lib, 1611 yilda «Amsterdam va Gollandiyada yashab turgan inglizlarning diniy bayonnomasi»da yangi ta’limot ta’riflab berilgan. Unda bolalarni voyaga yetganda cho’qintirish ko’zda tutilgan. Baptistlar din erkinligini e’tirof etishi, cherkovni davlatdan ajratishni talab qilgan mayda burjuaziya radikal qismining manfaatlarini ifoda etgan. 1612 yilda Angliyada, 1639 yili esa Shimoliy Afrikada birinchi baptistlar jamoasi vujudga kelgan. Baptistlar Bibliyani diniy ta’limotning yagona manbai deb hisoblaydi. Isoga ishonganlarning hammasini xudo xalos etadi, deb ishonadilar. Baptistlar ruhoniylarning oddiy dindorlar bilan xudo o’rtasida vositachi bo’lishini inkor etadilar, alviyolarni, ikonalarni, muqaddas murdalarga sig’inishni ham tan olmaydilar. Baptistlarda cho’qintirish, non va vino totish asosiy muqaddas marosimlardir. Bu urf-odatlarni bajarish Isoga sadoqatning ramzidir. Hozirgi vaqtda Amerika, Afrika, Osiyo, Yevropa, sobiq SSSR territoriyasidagi ko’pgina mamlakatlarda baptist jamoalari mavjud. 1963 yilda bapstistlarning kengashi tashkil topdi. Baptistlar bolalarni yoshligidan dinga o’rgatadilar, ularni yoshlar tashkilotida qatnashishga qarshi turadilar. Baptistlar jamoasi dindorlarning uylarida to’planib majlislar qiladilar. Iyegova shohidlari firqasi 1872 yilda adventistlardan ajralib chiqqanlar tomonidan tashkil qilingan va o’zlarini «Iyegova shohidlari» deb ataganlar. Ular Iso bilan shayton o’rtasida muqaddas jang - armagedon bo’lib, unda Iso yengib chiqadi, u o’rnatgan 1000 yil davom qiladigan jannat va jamiyatda Iyegova shohidlari yashaydi, qolganlari esa armageddonda qirilib ketadi, deb ta’lim beradilar. «Iyegova shohidlari» kelajakda g’azzovot, ya’ni diniy urush bo’lishini bashorat qiladilar, bu jihatdan bu sektani insonparvar sekta deb bo’lmaydi. Iyegovistlar markazi AQShdagi Nyu-York shahri yaqini-dagi Bruklik shahrida joylashgan. Iyegovistlar jamoasi 15-20 kishidan tashkil topgan. Barcha guruh boshida «xizmatkor», ya’ni rahbar turadi. Iyegovistlar «Soqchilik minorasi» va «Informator» nomli jurnallar chiqaradi va ellik tilda tarqatadilar (yashirin ravishda). Iyegovo shohidlari AQShni «xudo yorlaqagan davlat» deb e’lon qilib, AQSh «shayton kuchlarini» yo’q qilish uchun xudo tomonidan tayinlangan, deb hisoblaydilar. YuISA agentligi Iyegovo shohidlarini mablag’ bilan ta’minlab bormoqda. Ahloq sohasida Iyegovachilar o’z a’zola-riga: «Kabutardek beozor ilondek mug’ombir bo’ling» deb nasihat qiladi. Download 98.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling